Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Vladimir viloyatidagi YTHda 16 kishi halok bo‘ldi
Rossiyaning Vladimir viloyatida temir yo‘l pereyezdida poyezd va avtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 6 oktabrda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"To‘qnashuv Vladimir viloyatining Pokrov temir yo‘l stansiyasi yaqinida yuz bergan", deb aytilgan Rossiya ichki ishlar vazirlining hududiy boshqarmasida.
"Ayni vaqtda 16 kishi halok bo‘lgani, 34 kishi tirikligi va 2 bola jonlantirish bo‘limiga tushgani hamda 12 kishi tez tibbiy yordam mashinasida olib ketilgani ma'lum", deb aytdi Pokrov shahri ma'muriyati boshlig‘i Vyacheslav Arakelov.
Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining markaziy hududiy markazi saytida ko‘rsatilishicha, YTH mahalliy vaqt bilan soat 03:39da yuz bergan.
YTHning qolgan tafsilotlari o‘rnatilmoqda.
Mavzuga oid
16:23 / 11.06.2026
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
18:53 / 10.06.2026