Senat majburiy mehnatning oldini olişga qaratilgan qaror qabul qildi
|06:03 / 06.10.201733 27311 min
Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş böyiça Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini va xalqaro şartnomalarini töliq röyobga çiqariş, biror-bir şaklda bolalar mehnati va majburiy mehnatni keltirib çiqaradigan holatlarning oldini oliş va ularga yöl qöymaslikka doir çora-tadbirlarni kuçaytiriş, şuningdek mazkur sohadagi işlar holati va olib borilayotgan işlar töğrisida keng jahon hamjamiyati e'tiboriga işonçli axborot yetkazib beriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
Q A R O R Q I L A D I :
1. Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boşqa qonun hujjatlarida bolalar mehnati va majburiy mehnat, biror-bir jazo qöllanişi bilan tahdid qilib, şu jumladan mehnat intizomini saqlaş vositasi sifatida iş bajarişga majburlaş taqiqlanişini belgilaşdan iborat fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlanganligi qayd etilsin.
2. Davlat organlari va boşqa taşkilotlar rahbarlari hamda mansabdor şaxslari bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanişga yöl qöyganligi uçun şaxsan javobgar ekanliklari haqida qat'iy ogohlantirilsin.
3. Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş, şu jumladan biror-bir şaklda bolalar mehnati va majburiy mehnatni keltirib çiqarişi mumkin bölgan holatlarning oldini oliş va ularga yöl qöymaslik böyiça Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining va xalqaro şartnomalarining normalari bajarilişi ustidan parlament va jamoatçilik nazorati çoralarini kuçaytiriş zarur, deb hisoblansin.
4. Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş masalalari böyiça Parlament komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş masalalari böyiça Parlament komissiyasi (S.B.Artikova), Bolalar mehnati va majburiy mehnat masalalari böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaş (T.K.Narbayeva) bilan hamkorlikda:
fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaşga, şu jumladan bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanişning oldini oliş va unga yöl qöymaslikka doir Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, şuningdek 2017-2020 yillarda Özbekistonda munosib mehnat böyiça Mamlakat dasturida nazarda tutilgan çora-tadbirlar sözsiz bajarilişini taşkil etiş yuzasidan çora-tadbirlar majmuini qabul qilsin;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar va taşkilotlar, şuningdek jismoniy şaxslar tomonidan fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlari buzilişiga yöl qöyilmasligi ustidan parlament hamda jamoatçilik nazoratini örnatsin;
Özbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro şartnomalariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş maqsadida parlament va jamoatçilik nazoratining barça şakllaridan foydalansin;
Mavzuga oid
mahalliy davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari bilan hamkorlikda fuqarolarning mehnat huquqlariga rioya etilişi hamda iş örinlari yaratiş va aholi bandligini ta'minlaş dasturi öz vaqtida amalga oşirilişi uçun davlat organlari va boşqa taşkilotlar mansabdor şaxslarining mas'uliyatini oşiriş masalalari böyiça işlar olib borilişini ta'minlasin;
fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaşga doir Özbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini va xalqaro şartnomalarini bajariş yuzasidan davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boşqa taşkilotlar rahbarlari tomonidan körilayotgan çora-tadbirlarning samaradorligi masalasi doimiy ravişda körib çiqilişini ta'minlasin;
fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaşga doir qonun hujjatlarining ijrosi sohasidagi muammolar va kamçiliklar joylarda örganilişini taşkil etsin;
amaldagi qonun hujjatlarining inventarizatsiyasini ötkazsin, fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş sohasidagi qonun hujjatlarini takomillaştiriş, şu jumladan xalqaro mehnat standartlarini implementatsiya va ratifikatsiya qiliş orqali takomillaştiriş yuzasidan aniq takliflar işlab çiqsin;
fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini amalga oşiriş borasida erişilgan ijobiy natijalarning barqarorligini ta'minlaş böyiça joylarda keng tuşuntiriş işlarini olib borsin.
Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş masalalari böyiça Parlament komissiyasi (S.B.Artikova) bir oy muddatda Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş masalalari böyiça Parlament komissiyasi töğrisidagi nizomni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengaşi tasdiğiga kiritsin.
5. Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toşkent şahar Kengaşlariga fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş masalalari böyiça hududiy komissiyalarni 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuziş tavsiya etilsin.
Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş masalalari böyiça hududiy komissiyalar:
joylarda fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini, şu jumladan XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari doirasidagi mehnat huquqlarini ta'minlaşga doir keng tuşuntiriş işlarini olib borsin;
fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaşga, şu jumladan bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanişning oldini oliş va unga yöl qöymaslikka doir qonun hujjatlarini amalga oşirişga oid joylardagi muammolarni va kamçiliklarni örganib borsin;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar va taşkilotlar, şuningdek jismoniy şaxslar tomonidan fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlariga rioya etilişini ta'minlaş maqsadida deputatlik hamda jamoatçilik nazoratining barça şakllaridan foydalansin;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar va taşkilotlar, şuningdek jismoniy şaxslar tomonidan fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlari buzilayotganligi haqidagi ma'lumotni yöl qöyilgan qoidabuzarliklar uçun belgilangan tartibda ta'sir çoralarini qöllaş uçun bandlik va mehnat munosabatlarining hududiy organlariga va prokuratura organlariga kiritib borsin;
olib borilayotgan işlarning natijalari böyiça axborotni, şuningdek qonun hujjatlarini takomillaştirişga doir takliflarni Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş masalalari böyiça Parlament komissiyasiga doimiy ravişda taqdim etib borsin.
6. Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş masalalari böyiça Parlament komissiyasi (S.B.Artikova) fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaşga doir Özbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini va xalqaro şartnomalarini bajariş yuzasidan davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boşqa taşkilotlar rahbarlari tomonidan körilayotgan çora-tadbirlarning samaradorligini körib çiqiş natijalari töğrisidagi axborotni muntazam ravişda (bir yilda kamida bir marta) Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisi muhokamasiga kiritib borsin.
Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş masalalari böyiça hududiy komissiyalar fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaşga doir Özbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro şartnomalari davlat organlari, korxonalar, muassasalar va taşkilotlar, şuningdek jismoniy şaxslar tomonidan ijro etilişiga doir axborotni muntazam ravişda (bir yilda kamida bir marta) Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toşkent şahar Kengaşlari muhokamasiga kiritib borsin.
7. Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş masalalari böyiça Parlament komissiyasi (S.B.Artikova) olib borilayotgan işlar natijalari böyiça qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş borasida Özbekiston Respublikasi tomonidan körilayotgan çora-tadbirlar töğrisida har yili axborot tayyorlasin.
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligiga (A.X.Komilov) qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş borasida Özbekiston Respublikasi tomonidan körilayotgan çora-tadbirlar töğrisidagi materiallarni BMT Boş Assambleyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatib boriş tavsiya etilsin.
8. Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi (A.X.Komilov) Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi (A.A.Kurmanov) hamda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Xalqaro işlar va parlamentlararo aloqalar qömitasi (A.J.Jalilov, kelişuvga köra) bilan hamkorlikda fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş borasida mamlakatimizda olib borilayotgan keng kölamli işlar töğrisidagi axborotni çet eldagi konsullik muassasalari orqali jahon hamjamiyati va xalqaro taşkilotlar e'tiboriga yetkaziş yuzasidan ta'sirçan çora-tadbirlarni körsin.
9. Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş böyiça Tadbirlar majmui 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N.Aripov):
qişloq xöjaligi samaradorligi va rentabelligini, uni mexanizatsiyalaş darajasini oşiriş maqsadida, şu jumladan paxta hosilini maşinada teriş hajmini köpaytirişda, şuningdek mavsumiy qişloq xöjaligi işlarini ötkazişda bozor mexanizmlarini, innovatsiyalarni, fan yutuqlarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş;
joriy agrotexnologiyalar qöllanişini yaxşilaş hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş, mexanizatsiyalangan terimga tayyorligini ta'minlaydigan hamda mexanizatsiyalanganlikdan maksimal samara beradigan ğöza navlarining seleksiyasini rivojlantiriş;
oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoşligini oşiriş maqsadida agrar sektorda amaldagi quvvatlarni modernizatsiyalaş;
töğridan-töğri investitsiyalarni, çet el kredit liniyalarini hamda texnik kömak mablağlarini jalb qiliş maqsadida agrar sektor va uning mahsuloti özgartirilişini va diversifikatsiyalanişini hisobga olgan holda respublika qişloq xöjaligini rivojlantiriş strategiyasini işlab çiqiş;
jalb etiladigan mavsumiy işçilarni iqtisodiy jihatdan rağbatlantirişning turli usullarini işlab çiqiş, bu sohadagi mehnat munosabatlarini takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş yuzasidan kompleks çora-tadbirlar körsin.
11. Nodavlat notijorat taşkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlariga:
davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, korxonalar, taşkilotlar, muassasalar hamda fermer xöjaliklari fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaşga doir xalqaro huquq normalariga hamda milliy qonun hujjatlariga rioya etayotganligi ustidan jamoatçilik nazoratini joriy etişga doir çora-tadbirlarni kuçaytiriş;
mehnat töğrisidagi qonun hujjatlari buzilişiga daxldor bölgan şaxslarga nisbatan jamoatçilikning ta'sir çoralarini qöllagan hamda ularni javobgarlikka tortiş töğrisida vakolatli organlarga takliflar kiritgan holda aholi örtasida keng axborot-tuşuntiriş işlarini olib boriş va aholi bilan qayta aloqa mexanizmlarini joriy etiş tavsiya qilinsin.
12. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondining mablağlarini boşqariş böyiça Parlament komissiyasiga (A.X.Saidov) ijtimoiy şeriklik doirasida munosib mehnat şaroitlarini yaratiş böyiça maqsadli dasturlarni amalga oşiriş uçun nodavlat notijorat taşkilotlariga subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar ajratiş töğrisidagi masalani körib çiqiş tavsiya etilsin.
13. Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi (I.B.Abdullayev) fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaşga, şu jumladan bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanişning oldini oliş va unga yöl qöymaslikka doir Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ijrosi ustidan qat'iy nazorat olib borilişini ta'minlasin, bunda mavsumiy qişloq xöjaligi işlarini va boşqa jamoat işlarini ötkazişda amaldagi qonun hujjatlari normalariga rioya etilişiga alohida e'tibor qaratsin.
14. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N.T.Yöldoşev zimmasiga yuklatilsin.
15. Uşbu Qaror qabul qilingan kundan e'tiboran kuçga kiradi.