Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston konsuli Vladimirdagi fojia joyiga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston konsuli Tohir Aripov Moskvadan fojiali yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan Vladimir viloyatiga yo‘l oldi. Bu haqda TASS O‘zbekiston TIV matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.
"O‘zbekiston Respublikasining elchixonasi hodisa haqida o‘z vaqtida xabardor etildi, konsul Tohir Aripov voqea joyiga jo‘nab ketdi. Halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning shaxsini aniqlash bo‘yicha ishlar boshlandi", - deya qayd etishgan TIVdan.
"Agar kerak bo‘lsa, elchixonaning boshqa xodimlari ham Vladimir viloyatiga konsulga yordam berish uchun yuboriladi", - deya qo‘shimcha qilishgan matbuot xizmatidan.
KUN.UZ’ning hukumatdagi voqeadan xabardor manbasi ma'lum qilishicha, avtobus ichida 58 kishi bor edi, 20 kishi halok bo‘lgan, ularning 18 nafari o‘zbekistonliklardir. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmasi va Tergov qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra esa, YTH oqibatida 19 kishi halok bo‘lgan, shundan biri yosh bola. Bu boradagi ma'lumotlar hozircha dastlabki bo‘lib turibdi va bir-biridan farq qilmoqda.
Rossiya Tergov qo‘mitasining transport bo‘yicha Moskva mintaqalararo tergov boshqarmasi YTH bo‘yicha RF JKning 263-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Mavzuga oid
09:30
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026