4 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 12-yalpi majlisi bölib ötgani haqida xabar bergan edik. Unda Özbekiston Boş vaziri örinbosari, «Özagrotexsanoatxolding» boşqaruvi raisi Nodir Otajonov hukumatning Özbekistonda yetiştirilayotgan paxtalarni mexanizatsiyalaşgan holda yiğib-terib oliş dasturi haqida senatorlarga axborot berdi. 

“«Özagrotexsanoatxolding» kamida 40 mingta qişloq xöjalik texnikalarini işlab çiqarişni rejalaştirgan. Şu maqsadda xodimlarning malakasini oşirişdan taşqari, sohaga olimlar va akademiklar jalb etildi. Xolding huzurida konstruktorlik byurosi taşkil etilib, ungi Janubiy Koreya respublikasining 8 mln dollarlik grant mablağlari jalb etildi. U şu yilning noyabr oyidan tölaqonli öz işini boşlaydi.

2018 yilda 3000 dona işlab çiqilişi belgilangan paxta teriş maşinasining 600 tasi eksportga möljallangan. Bundan taşqari, paxta yetiştirişda xorijiy hamkorlar bilan klasterlar taşkil etiladi. Mana, Prezident Mirziyoyevning AQŞga taşrifi çoğida dunyoning yetakçi kompaniyalaridan biri va Case New Holland kompaniyasi bilan ham şartnomalar imzolandi. Kelasi yili ular iştirokida Özbekistonda 300 ta paxta teriş maşinasi işlab çiqiladi”. 

Uning qayd etişiça, Case New Holland kompaniyasi bilan hamkorlikda işlab çiqiladigan traktorlarni paxta teriş mavsumidan söng, gorizontal şpindellardan ajratib olgan holda qişloq xöjalik işlariga, xususan, şudgorlaş, yuk taşişda ham foydalaniş mumkin böladi.

Otajonovning aytişiça, hozirda, bu borada Vazirlar Mahkamasi tomonidan paxtani maşinada teriş böyiça me'yoriy hujjatlar, paxtaning naviga doir standartlar işlab çiqilmoqda. Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining yaqin 5 yilda 14-15 ming paxta teriş maşinasi işlab çiqiş böyiça aniq maqsadlii dasturi yölga qöyilmoqda.