Rossiyaning Vladimir viloyatida röy bergan fojia vaqtida omon qolgan özbekistonliklar va halok bölganlarning jasadlarini olib keliş uçun Özbekiston hukumati maxsus bort yöllaydi.
KUN.UZ’ning hukumatdagi voqeadan xabardor manbasi ma'lum qilişiça, avtobus içida 58 kişi bor edi, 20 kişi halok bölgan, ularning 18 nafari özbekistonliklardir. Rossiya Soğliqni saqlaş vazirligining hududiy boşqarmasi va Tergov qömitasi ma'lumotlariga köra esa, YTH oqibatida 19 kişi halok bölgan, şundan biri yoş bola. Bu boradagi ma'lumotlar hozirça dastlabki bölib turibdi va bir-biridan farq qilmoqda.
Ma'lum bölişiça, ayni vaqtda Soğliqni saqlaş va Favqulodda vaziyatlar vazirligi Rossiyaga halok bölganlarning jasadlarini olib keliş, jabrlanganlarga tibbiy yordam körsatiş masalasini hal etmoqda.
FVVning uşbu masala böyiça şuğullanayotgan mas'ul xodimi Bahodir Odilov KUN.UZ savoliga qisqa tarzda javob berar ekan, Özbekiston FVV Vladimirda yuz bergan baxtsiz hodisada halok bölganlar va jabrlanganlarni vatanlariga olib keliş böyiça taşkiliy işlar olib borayotganini tasdiqladi. U batafsil ma'lumotni keyinroq taqdim etişini bildirdi.
KUN.UZ manbasiga köra, hodisa vaqtida jarohat olgan 2 kişiga şifoxonaning jonlantiriş bölimida tibbiy yordam berilmoqda, 36 yölovçining ahvoli barqaror hisoblanmoqda. Qurbonlarning ikki nafari Qozoğiston fuqarolaridir.
Manbaning aytişiça, Soğliqni saqlaş vazirligi Rossiyaga yuboriladigan maxsus bortda neyrojarroh, jarroh, travmatolog-ortoped, psixolog va nevropatologlardan iborat malakali şifokorlar guruhi hamda barça tibbiy anjomlar, dori-darmonlarni yuboradi.
Maxsus bort bugun tuşdan keyin Rossiyaga parvoz qilişi kutilmoqda.












