Vazirlar Mahkamasining 18.09.2017 yildagi 742-son qarori bilan Davlat foydasiga voz keçiş bojxona rejimiga joylaştirilgan tovarlarni davlat mulkini boşqariş böyiça vakolatli organga topşiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Ma'lumot uçun: davlat foydasiga voz keçiş — vakolatli şaxs tovardan voz keçadigan hamda uni bojxona tölovlari tölanmagan va iqtisodiy siyosat çoralari qöllanilmagan holda tekinga davlat mulkiga ötkazadigan bojxona rejimi.

Tovarni mazkur bojxona rejimiga joylaştiriş bojxona organi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida vakolatli şaxsning arizasi böyiça amalga oşiriladi. Keyin tovarlarni topşiriş-qabul qiliş va ularni sotiş tasdiqlangan sxema böyiça amalga oşiriladi.

Davlat foydasiga voz keçiş bojxona rejimiga rasmiylaştirilgan tovarlar:

•  tovarlar (oziq-ovqat şaklidagi) — «Özbekoziqovqatzaxira» uyuşmasi korxonalariga;
•  qimmatli qoğozlar — Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysiga;
•  qimmatbaho metallar, qimmatbaho toşlar hamda undan yasalgan zargarlik va boşqa buyumlar Davlat asillik darajasini belgilaş palatasidan ekspertizadan ötkazilgandan söng - Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga;
•  boşqa tovarlar — Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, va hokimliklarga auksion ötkaziş tartibida realizatsiya qiliş uçun topşiriladi (tez buziladigan va past qiymatli tovarlar — töğridan-töğri şartnomalar tuziş yöli bilan realizatsiya qilinadi).

Hujjat 25.09.2017 yildan kuçga kirdi.