Bugun 5 oktabr kuni Jinoiy işlar böyiça Toşkent şahar Mirobod tumani sudida P.Borovskiy nomli tibbiyot kollejining sobiq talabasi, marhum Jasurbek Ibrohimov ölimi yuzasidan navbatdagi, 4-sud majlisi bölib ötdi. Sud majlisi avvalida sudga raislik qiluvçi sudya M.Matçonov Özbekiston Respublikasining amaldagi qonunçiligiga köra, heç kim sudnig hal qiluv qarori çiqmaguniga qadar aybdor hissoblanmasligini OAV vakillari hamda oçiq sud majlisida iştirok etiş uçun kelgan fuqarolarga eslatib ötdi. Ma'lumki, uşbu iş böyiça P.Borovskiy tibbiyot kollejida tahsil olgan Islombek Tölaganov sudlanuvçi kursisida ötiribdi. 

Foto: Kun.uz

Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan ötkazilgan tergov natijalariga köra, u Özbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvçining ölimiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) alomatlarini sodir etganlikda ayblanmoqda. 

Bugungi sud majlisidan e'tiboran sudlanuvçi Tölaganov I.ni yana bir advokat Rustam Ibrohimov ham himoya qiladigan böldi. Sudya Matçonov raisligida bölib ötgan sud eşituvlarida navbatdagi guvohlar Hayitboyev Hurmat va Pölatov Muhammad (Ölmas)ning körsatmalari tinglandi. 

Foto: Kun.uz

Sud majlisida Pölatov Muhammad körsatma beriş avvalida prokuror Akromov guvohning voyaga yetmaganini inobatga olib, unga qonuniy vakilini tayinlaşni sudyadan söradi. Sudya Matçanov prokuror taklifini inobatga olib, guvoh Pölatovga onasini qonuniy vakil sifatida tayinladi. Pölatov, şuningdek, voyaga yetmaganligi sababli Özbekiston Respublikasi JKning 238-, 240- moddalari bilan ogohlantirilmadi, ammo töğri guvohlik beriş majburiyati borligi ma'lum qilindi. 

Foto: Kun.uz

Hayitboyev Hurmat va Pölatov Muhammad öz körsatmalarini berib bölganidan söng, sud raisi, prokuror, sudlanuvçi va jabrlanuvçi advokatlari guvohlarga murojaat qilib, voqeaga oydinlik kiritiş maqsadida savollar berişdi.