Yöl harakati xavfsizligi fondi (AAA Foundation for Traffic Safety) ekspertlari tadqiqot ötkazib, zamonaviy multimedia tizimlari qançaalik e'tiborni çalğituvçi ekanini va rulni boşqarayotganda qiliş mumkin bölmagan harakatlarni aniqlaşdi.  

Tadqiqotda 30 model (Audi Q7, Cadillac XT5, Ford F-250, Infiniti Q50, Mazda3, Honda Civic va b.) hamda 24 haydovçi iştirok etdi. Ular soatiga 40 km tezlikda multimedia tizimlarining funksiyalaridan foydalanişgan. 

Bunda axborot-köngiloçar tizimning eng halaqit bermaydigani audioni sozlaş böldi: tovuşni balandligini özgartiriş yoki radio tölqinini sozlaş. Bu harakatlar odatiy bölib, uning uçun köp vaqt talab etilmaydi. Ikkinçi örinda telefon qönğiroqlari va SMS ekani aniqlandi.

Hammasidan ham yölda avtomobil boşqarib ketayotgan haydovçilarni navigatsiya tizimi köproq çalğitadi. Undan foydalaniş, ayniqsa manzilni kiritiş yuqori darajada e'tiborli bölişni talab etadi. 

Bundan taşqari, tadqiqot çoğida interfeys va boşqaruv jihozlari ham yoddan kötarilmadi. Eng qulaylari uskunalar panelining markaziy qismida joylaşganlari ekani aytilmoqda. Şu bilan birga haydovçining diqqatini talab qiladigan avtomobil markalariga ham oydinlik kiritildi. Bular Honda Ridgeline, Audi Q7, Volvo XC60, Honda Civic va Dodge Durango ekani aniqlandi.