KUN.UZ tahririyatiga taniqli jamoat arbobi Ahmadjon Odilovning ölimidan biroz avval Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev haqida öz fikrlarini bildirib ötgan video kelib tuşdi.
“Qalbimda tölib turgan gaplar köp. Mirziyoyevning tarjimai holini öqidim. Yoşlikdan qiynalib ösgan, Alloh bergan kuçi köp ekan. Kuçidan ğayrati, ğayratidan köra rejasi köp ekan. Lekin, şunga biz hammamiz, millionlar, qöşni mamlakatlar bilan bir bölib yordam qilsak, amalga oşadigan gaplarni gapirmoqda. Biroq, şu turişda hamma bir bölib yordam bermasa, juda qiynalib qoliş xavfi bor. Şunga kuç-quvvat tilayman. Kuçidan köra rejasini, möljaldagilarini amalga oşirişda hamma bir bölib yordam qilişini butun xalqdan iltimos qilaman. Mirziyoyevga kuç-quvvat, baxt-omad hamroh bölsin, işlariga omad tilayman”, - degan videoda Ahmadjon Odilov.
Eslatib ötamiz, Odilov 27 sentabr kuni 92 yoşida olamdan ötdi.
Ahmadjon Odilov 1925 yilning 1 mayida Namangan viloyati Pop tumanining Ğurumsaroy qörğonida dunyoga kelgan. 1960-70-yillarda Pop tumanidagi Lenin nomli kolxoz raisi bölgan. 1970-yillar oxirida Pop tumani agrosanoat kompleksiga rahbarlik qilgan. 1980-yillar örtasida SSSR prokuraturasi tergovçilari Gdlyan va Ivanov tomonidan «Paxta işi» böyiça ayblanib qamalgan va Butirka qamoqxonasida ötirgan. Özbekiston mustaqillikka erişişganidan söng — 1991 yilning dekabrida qamoqdan ozod etilgan. 1993 yilning 26 iyunida Qöqon şahar sudi uni 5 tonna mineral öğitlar öğirlaganlikda ayblab, 4 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan. Keyinçalik sovet davrida qilgan iqtisodiy jinoyatlari uçun yana 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Umumiy hisobda u yana 16 yil qamoqda ötirib, 2008 yilning 5 iyunida 83 yoşida ozodlikka çiqqan edi.












