Bu juma oqşomi Özbekiston uçun yana bir mudhiş hodisa bilan tarixga kirdi. Rossiyaning Vladimir oblastida avtobusning yölovçi poyezdi bilan töqnaşuvi natijasida 17 özbekistonlik halok böldi. Prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriği bilan halok bölganlar va jabrlanganlarni Özbekistonga olib keliş, ularga va yaqinlariga kömak körsatib böyiça hukumat komissiyasi tuzilib, ayni daqiqalarda Rossiyaga uçgan Mudofaa vazirligiga tegişli maxsus bort Termizga qöndi. Boisi avariyada jabrlanganlarning aksariyati surxondaryoliklar ekan...

Yodingizda bölsa, 22 iyun kuni ham xuddi şunday baxtsiz hodisa sodir bölgan, Qozoğiston hududida 50 nafar özbekistonlikni olib ketayotgan avtobus halokatga uçragan edi. Öşanda baxtsiz hodisada 9 nafar özbekistonlik vafot etdi. Orada Rossiya va Qozoğiston hududida özbekistonlik mehnat muhojirlari bölgan transport vositalarida yana köplab katta-kiçik baxtsiz hodisalar röy berdi. Ammo bu kabi işlarda Özbekiston hukumati faqatgina oqibatlar bilan kuraşib, halok bölgan va jarohatlanganlarni Özbekistonga olib keliş, ularning oilalari va yaqinlariga kömak körsatiş bilan kifoyalanmoqda. Nima uçun bu kabi hodisalarning sabablari örganilib, ularni barvaqt aniqlaş va bartaraf etiş çoralari körilmayapti? Yana önlab, yuzlab ölimlar bölişi kerakmi amaliy harakatga ötiş uçun?

E'tibor bergan bölsangiz, har ikki holatda ham 50 nafar atrofidagi özbekistonliklar Rossiyaga Qozoğiston avtobusida ketayotganda halokatga uçradi. Ular aynan Qozoğiston avtobusida Rossiyaga yetib oliş arzonga tuşgani sababli ham şu yölni tanlaşgan. Demak, Özbekiston hukumati ayni şu masalani sinçiklab örganişi va fuqarolar uçun eng optimal yeçimni topişi şart!

Şuningdek, bu baxtsiz hodisa Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi taklif etayotgan variantlar ham hali mukammal emasligini körsatmoqda. Vazirlik mutaxassislari Rossiyaga Qozoğistonning avtobuslarida ketişni ma'qul körayotganlar örtasida ijtimoiy tadqiqotlar ötkazib, ular uçun muqobil takliflarni işlab çiqişi kerak.

Yana bir gap. Modomiki, Özbekiston fuqarolari Qozoğiston orqali Rossiyaga ketişni ma'qul körayotgan ekan, Qozoğiston hukumati bilan ham bu yönalişda hamkorlikni yölga qöyiş kerakdir. Çunki ma'lumotlarga köra, halokatga uçragan «Mersedes-Bents 0303» markali avtobus 1990 yili foydalanişga topşirilgan. Germaniyada bunday avtobuslar işlab çiqarilişi 1993 yildayoq töxtatilgan. «Işlab çiqarilganiga 24 yildan ortiq vaqt bölgan transport vositasining texnik uskunalari eskirganiga 15 yildan oşgan. Şu bilan birgalikda, haydovçilarning mas'uliyatini oşiriş, ularga bölgan talablarni kuçaytiriş ham zarur...

Zero, KUN.UZ ma'lumoti