Sönggi vaqtlarda turli xil startaplar haqida tobora köp gapirilmoqda. Şu mavzuda turli xil xabarlar, yangiliklar berilmoqda. Ammo, ularning qaybiri muvaffaqiyat qozonişini oldindan taxmin qilib bölmaydi.
Biroq yuqori texnologiyalarning avtosanoat bilan uçraşadigan Los-Anjyeles avtokörgazmasida taxmin qilişga urinib körişdi va avtotransport sohasida eng yaxşi bölişi kutilayotgan 10 startap nomini tanlaşdi. Ğoliblar haqida Wired hikoya qilmoqda.
Körgazma kuratorlarining fikriça, bugungi avtosanoat avtomobil ot örnini egallaganidan beri kuzatilmagan transformatsiyani boşdan keçirmoqda. Elektr dvigatellar va muqobil transport vositalariga ötiş jarayonida startaplar hal qiluvçi örin tutadi. 300 nomzod orasidan tanlab olingan 10 kompaniyani biir narsa birlaştiradi. Ularning barçasi yorqin avtomobil kelajagiga olib boruvçi bir neçta muhim muammolarni haal qiliş ustida işlamoqda.
GhostWave
Ohayo ştatining Kolambus şahrida taşkil etilgan startap radiolokatsion datçiklarni işlab çiqadi. U tölqin uzilişlariga çidamli bölişi aytilmoqda. Bu esa yöllarda muqobil avtomobillar köpayganda asqatadi.
Neteera Technologies

Kompaniya radar va lidarni özida birlaştiruvçi Terahertz datçigi ustida işlamoqda.
Innoviz Technologies
Isroil startapi qattiq holatdagi lidar ustida iş olib bormoqda. Lazer datçiklar haydovçisiz avtomobillar rivojiga turtki berişi kerak. Ammo aylanib turuvçi oynalardan foydalaniş ularni qimmat va zaif qiladi. Qattiq va qismlari harakatlanmaydigan datçiklar vaziyatni önglaydi.
Mighty AI
Startap robomobillarni boşqariş algoritmlarini örgatiş uçun kompyuterdan foydalaniş böyiça örganişlar olib bormoqda.
Cerebri AI
Bu kompaniya haydovçilar va ularning atrof-muhit bilan özaro munosabatidan qanday pul topiş mumkinligini tuşunişga urinmoqda.














