72 yoşli mutaxassis Yupp Haynkes «Bavariya» murabbiyligiga qaytarildi. Myunxen klubi rasmiy saytida u bilan 2018 yilning 30 iyuniga qadar amalda böluvçi qisqa muddatli şartnoma tuzilgani xabar qilingan.
Haynkes 9 oktabr kuni işga kirişadi.
«Bu döstona xizmat. Men „Bavariya“ bilan qalin aloqalarga egaman. Ajoyib hissiyotlar bilan işga kirişmoqdaman», — degan Haynkes Kicker uçun bergan intervyusida.
2013 yilda Haynkes «Bavariya» bilan trebl qayd etgaç (Çempionlar ligasi, çempionat va Germaniya Kubogi) faoliyatini yakunlagani haqida ma'lum qilgandi.
«Bavariya» ötgan oy oxirida Karlo Ançelottini iste'foga çiqargandi. Bunga jamoaning Çempionlar ligasi guruh bosqiçida «PSJ»ga 0:3 hisobida mağlub bölişi sabab bölgandi.












