Qirğizistonda Özbekiston kunlarining tantanali oçilişiga bağişlangan konsert dasturida iştirok etuvçi Özbekiston ijodiy delegatsiyasi 5 oktabr kuni Bişkekka yetib bordi. Kontsert dasturi 6 oktabr kuni T.Satilganov nomidagi qirğiz milliy filarmoniyasida bölib ötişi rejalaştirilib, unda Özbekiston xalq artistlari, xizmat körsatgan artistlar iştirok etadilar.
Tomoşabinlarni özbek estradasi xonandalarining çiqişlari ham kutmoqda. Har bir çiqişni “Özbekiston” va “Navbahor” raqs ansambllarining raqslari töldiradi.
Bundan taşqari özbek milliy musiqalarining D.Bekmurodova, Ş.Ozatova, A.Ergaşeva, X.Karimova, B.Mirzayeva, X.Yöldoşeva, Ş.Xolmirzayeva, Yu.Abdullayeva, F.Alimova, I.Ablakulova va E.Fayziyevalar ijrosidagi talqini namoyiş etiladi.
6 oktabr kuni 14:30 da Gapar Aytiyev nomidagi qirğiz milliy tasviriy san'at muzeyida özbek fotograflarining “Özbekiston qiyofasi: tarix va zamonaviylik” mavzusidagi fotokörgazmasi bölib ötdi. Fotokörgazmadan zamonaviy Özbekistonning turli jabhalarini aks ettiruvçi suratlar örin oldi.
Abduğani Jumayev (“Xalqaro forumlar saroyi”, “Xonanda Munojot Yölçiyeva”), Vladimir Jirnov (“Keçki Registon”, “Izlar”), Rustam Şagayev (“Yoş çempion”), Vladimir Şlosberg (“Erkinlik. Buyuklik”), Farxod Qurbonboyev (“Mustaqillik köpriklari”) va boşqalarning suratlarida mamlakat har bir viloyatining öziga xos milliy hamda umuminsoniy qiymat kasb etuvçi boy an'analarini köriş mumkin.
Qolaversa, Bişkek va Öş kinoteatrlarida 6-7 oktabr kunlari Akbar Bekturdiyevning “Oyqiz ertagi” filmi namoyişi bölib ötadi. “Oyqiz ertagi” kinokartinasi ekşn va fentezi janrida suratga olingan bölib, örta asrlar podşoligi davrini aks ettiradi. Film Xiva şahrida suratga olingan.











