6 oktabr kuni avvalida Rossiyaning Vladimir viloyatidagi temiryöl kesişmalaridan birida yölovçi poyezdi özbekistonlik işçilar mingan, qozoğistonlik haydovçi boşqaruvidagi «Mersedes» rusumli avtobusni urib ketdi. Fojia oqibatida rasmiy ma'lumotlarga köra, 17 kişi halok böldi, şundan 16 nafari Özbekiston fuqarolaridir. Halok bölganlarning ikki nafari bolalar, yana bir bola şifoxonaning jonlantiriş bölimida qolmoqda.

Avtobusda jami 58 kişi bölgan (qozoğistonlik ikki haydovçi va 56 yölovçi). Haydovçilarning biri, 1970 yilda tuğilgan Qozoğiston fuqarosi Daniyar Şildebayev halok böldi. Ikkinçisi, 1977 yilda tuğilgan Nurgali Sarmanov ayni vaqtda boşqa jabrlanuvçilar bilan birga Pokrovdagi vaqtinçalik joylaştiriş punktida.

Foto © MÇS RF/RIA Novosti

Dastlabki versiyaga köra, Pokrovda avtobus tirbandlikka tuşib qolgan. Haydovçi aylanib ötmoqçi bölgan, buning uçun yon trassadan temir yölga çiqqan. Lekin avtobus temir yöl ustida buzilib qolgan.

Poyezd kelib urilişidan oldin avtobusdan çiqişga ulgurganlar omon qolgan. Ular avvaliga avtobusni itarib çetga olib çiqmoqçi bölişgan, ammo buning iloji bölmagan.

Halokatdan avval avtobusdagilarning aksar qismi uyquda edi. Omon qolganlardan biri guvohlik berişiça, temir yöl navbatçisi poyezd yaqinlaşayotgani haqida ogohlantiruvçi belgi qöymagandi.

Moskva temir yöl boşqarmasi vakillari esa ötiş yöli şlagbaum, yoruğlik va ovoz signalizatsiyasiga ega bölganini aytmoqda.

Poyezd maşinisti favqulodda tormozlanişni qöllagan, ammo poyezd töliq töxtaşi uçun masofa qisqalik qilgan. Poyezd töxtaşi uçun 746 m masofa kerak edi, ammo maşinist tormozni bosganida örtadagi masofa 400 metrni taşkil etardi.

Foto © MÇS RF/RIA Novosti

Ma'lum bölişiça, «Mersedes-Bents O 303» markali bu avtobus 1990 yili ekspluatatsiyaga kiritilgandi. Germaniyada bunday avtobuslar işlab çiqarilişi 1993 yildayoq töxtatilgan.

«Işlab çiqarilganiga 24 yildan ortiq vaqt bölgan transport vositasining texnik uskunalari eskirganiga 15 yildan oşgan. Rossiyada harakatlanuvçi avtobuslarning yarmidan ortiği eskirgan», deyilgan vaziyatni baholagan GAZ kompaniyasi matbuot xizmati.