Ötgan oy oxirida NASA agentligi AQŞ hukumati şunday vazifa qöysa, öz faoliyat yönalişini özgartirib, Mars dasturidan voz keçişi va Oyni özlaştiriş dasturini örganişini bildirgan edi. Körinişidan agentlik haqiqatdan ham şunday qilişiga töğri keladi. AQŞ hukumati insonni Oyga qaytariş dasturini tiklaşini e'lon qildi.
4 oktabr kuni The Wall Street Journal gazetasida AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pens bayonoti çop etildi. Unda Milliy fazoviy kengaşni tiklaş va uşbu taşkilotga öz rahbarlik qilişi haqida söz boradi.
Pensning uqdirişiça, kengaş sönggi çorak asrdagi ilk majlisini ötkazadi. “Unda men bitta murojaat qilaman: Amerika fazoni tadqiq qilişning yetakçisi böladi”, — deb qöşimça qilgan Pens. Uning sözlariga köra, bugungi kunda Amerika davlat fazo dasturida aniq maqsad bölmagani sababli, AQŞ emas, balki Xitoy va Rossiya bu sohaning yetakçilaridir.
Vitse-prezident, şuningdek, AQŞ özining fazoviy texnologiyalariga juda ham muhtoj ekanini aytgan. Bular mamlakatning kommunikatsiya, navigatsiya va kuzatuv tizimlarini xakerlik hujumlaridan himoya qiliş uçun zarardir.
Yangi davlat fazo dasturi, umuman olganda, inson tadqiqotlariga borib taqaladi. Ammo, Pensning fikriça, Oy va u yerda insonlar yaşaydigan doimiy qörğonlarning paydo bölişi birinçi galda erişiş lozim bölgan strategik maqsaddir.
Ta'kidlaş joiz, boşqa közga köringan arboblar ham Oy masalasida şunday fikrda. Masalan, iste'fodagi astronavt Kris Xedfild şu yilning avgust oyida bergan intervyusida insoniyat Oyda qarorgoh taşkil etişga qaytişi kerakligini birinçi muhim qadam deb aytgan edi. Bundan közlangan maqsad bunga qodirlikni namoyiş etiş bölmasligi kerak. Çunki Oy kelgusi fazoviy safarlar uçun boşlanğiç nuqta bölişi mumkin.
Albatta, AQŞning orzu-istaklari Oyda töxtab qolmaydi. Vitse-prezident Pens sözlaridan anglaş mumkinki, Amerika insonni Marsga yuborgan ilk mamlakat böliş uçun barça sa'y-harakatlarni amalga oşiradi. Biroq bu kabi safarlar ilmiy-tadqiqot mohiyatidan köra, tijoriy maqsadlarga ega.
Töğri, AQŞ vitse-prezidenti ekspertlar guruhiga kimlar kirişiga batafsil töxtalganiça yöq. Ammo birinçi galda yodga keladiganlar Ilon Mask (SpaceX rahbari) va Jyeff Bezos (Blue Origin rahbari)dir. Mask yaqinda 2024 yilda insonlarni Marsga yetkaziş rejalari bilan taniştirdi. Bezos esa, kelasi yildanoq suborbital pavozlarni amalga oşirişini bildirdi.












