Turkiya boş vaziri Binali Yildirim 25 sentabrda Kurdistonda bölib ötgan mustaqillik referendumi munosabati bilan Iroqqa boriş istagini bildirdi.
"Iroq boş vaziri Haydar al Obodiydan şunday taklif keldi. Hozir biz hamkasblar bilan kun tartibi va ehtimoliy taşrif sanasini muhokama qilayapmiz. Bu kerakli taşrif, şu sababli jiddiy tayyorlaniş kerak. Hozir mintaqada keskinlik, Şimoliy Iroqda noqonuniy referendum bölib ötdi, uni muhokama qiliş kerak", — degan Yildirim Anqarada jurnalistlarga. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Uning qöşimça qilişiça, Anqara Şimoliy Iroq bilan aviaqatnovlarni töxtatgani barobarida sanksiyalar kiritişni ham rejalaştirmoqda.

















