Özbekiston Respublikasi Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrugi hamda Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugining toğ-öqçi bölinmalari hamkorligidagi maxsus taktik öquv maşqlari yakunlandi, deb xabar berdi KUN.UZ’ga Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Maşğulotlarning sönggi kunida ikki davlat harbiy xizmatçilari ötiş murakkab bölgan toğli hududlarda noqonuniy qurollangan kuçlarni yöq qiliş böyiça aksilterror operatsiyasini amalga oşirişdi.

Bugungi zamon jangining öziga xos xususiyatlari inobatga olingan va real harbiy harakatlarga maksimal darajada yaqinlaştirilgan maşqlarda birlaşgan qömondonlik tomonidan qöyilgan öquv jangovar topşiriqlarini Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy Havo kuçlari va artilleriya bölinmalari, Özbekiston va Rossiya harbiy okruglarining toğ-öqçi bölinmalari bajardi.

Olingan razvedka ma'lumotlariga köra, rejalaştirilgan harakatlar davomida şartli duşmanning moddiy ta'minot bazalari, texnika vositalari va boşqa kuçlari batamom yakson qilinib, garovga olinganlar ozod qilindi.

«Maşqlarda közlangan maqsadlarga erişildi, — deydi mayor Azamat Jabborov. — Bölinmalar harakatlari jarayonida eng samarali usullarni qöllaşga, öquv jangovar vazifalarni kam vaqt va kuç sarflab bajarişga harakat qildik. Safdoşlarim va qöl ostimdagi harbiy xizmatçilarning şu davrgaça bölgan maşğulotlarda murakkab relef va noqulay iqlim şaroitlarida jangovar harakatlarni olib boriş könikmasining oşirib borilgani bizga juda qöl keldi».

Tinçlik va xavfsizlikni mustahkamlaş, xalqaro terrorizm, ekstremizm kabi global tahdidlarga qarşi kuraşiş, murakkab toğ şaroitida noqonuniy qurollangan kuçlarni yöq qiliş böyiça ötkazilgan hamkorlikdagi maşqlarning tantanali yopiliş marosimida Rossiya Federatsiyasining Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Vladimir Tyurdenev, Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining örinbosari — Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrug qöşinlari qömondoni general-mayor Pavel Ergaşev, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qömondonligi ştab boşliği örinbosari general-mayor Rustam Minnekayev iştirok etdi.

Unda mazkur maşqlar muvaffaqiyatli yakunlangani e'tirof etildi. Aksilterror operatsiyasida qöyilgan öquv jangovar topşiriqilarni muvaffaqiyatli bajargan harbiy xizmatçilar – Özbekiston tomonidan mayor Azamat Jabborov, mayor Xurşid Mamadaliyev, kiçik serjant Habibullo Xolboyev, şartnoma böyiça harbiy xizmatçi, oddiy askar Doston Mamatov, Rossiya tomonidan vzvod komandiri katta leytenant Sergey Baromyko, serjant Buyan Kenden, şartnoma böyiça harbiy xizmatçi, oddiy askar Amir Kilik taqdirlandi.