Vladimir viloyatida yölovçi poyezdi avtobusni urib ketişi oqibatida jarohatlangan holda şifoxonaga olib borilgan bolalardan biri vafot etdi. Viloyat gubernatorining matbuot xizmati rahbari Rita Şlyaxova endilikda uşbu hodisa qurbonlari soni 17 nafarni taşkil etayotgani haqida ma'lumot bergan.

«Afsuski, bolalardan birining joni uzildi. Biz barçamiz qayğudamiz. Uni saqlab qoliş uçun bor işni qilgandik, uni saqlab qolişimizga işongandik», degan u.

6 oktabr tongida Vladimir viloyatining Petuşinsiy tumanidagi temiryöl kesişmasida Sankt-Peterburg – Nijniy Novgorod yönalişi böyiça harakatlangan poyezd özbekistonlik işçilar mingan avtobusni urib ketdi. Avtobusni Qozoğiston fuqarosi bölgan haydovçi boşqargan, 56 yölovçining barçasi özbekistonliklar.

Fojia oqibatida 16 nafar özbekistonlik hayotdan bevaqt köz yumdi, yana 4 kişi şifoxonada.