6 oktabrda Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Mirobod tumani sudida P.Borovskiy kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimov ölimi yuzasidan bölib ötayotgan sud majlisi davom etdi. Sud raisi va tomonlarning advokatlari kelişuviga köra, bu safar Jasurbekka tibbiy yordam körsatgan 2-sonli Şahar bolalar jarrohligi klinik şifoxonasi xodimlari körsatmalar berişdi.

Dastlab ŞBJKŞ boş vraçi muovini Tohir Hasanov Jasurbekning şifoxonaga keltirilganidan 16-son şahar klinik şifoxonasiga yetkazilganigaça bölgan muddatdagi holatlar böyiça özi guvoh bölgan jihatlarni sözlab berdi. Uning aytişiça, Jasurbekda peritonit alomatlari borligi ança keç aniqlangan. Çunki qorin böşliği havo borligi aniqlangan. Bu esa kovak a'zolarning birida patalogik özgarişlar borligini anglatar edi. Ma'lum bölişiça, jabrlanuvçining oşqozonosti bezi va öt pufagidan ön ikki barmoqli içakka ulanadigan nayçalari qismida yoriliş yuz bergan. Şundan söng, zudlik bilan jarrohlik amaliyoti tayinlangan.

Keyingi körsatma beruvçi, 2-sonli ŞBJKŞ reanimatolog-anestiziolog Mahfuza Abdullayevaning izoh berişiça, Jasurbekka öz vaqtida aniq taşxisning qöyilmaganiga patalogik özgarişga uçragan a'zo qorinning içki tomonda joylaşgani hamda boşqa a'zolar bilan himoyalangani sabab bölgan. Uning aytişiça, uning 40 yillik iş tajribasida bunday holat birinçi marta kuzatilgan.
Şu bilan sud majlisi öz yakuniga yetib, navbatdagi sud majlisi 9 oktabrda davom ettiriladigan böldi.











