Rossiya fuqaroligiga ega amerikalik boksçi Roy Jons Rossiya prezidenti Vladimir Putinni 65 yoşlik yubileyi bilan tabrikladi va özini "rus" deb atadi.
"Tuğilgan kuningiz bilan, Rossiya prezidenti, janob Vladimir Putin. Sizning hamyurtingiz böliş va siz boşqarayotgan davlatni biliş imkoniyatini berganingiz uçun katta rahmat. Umid qilamanki, ajoyib bir kun siz nafaqat dunyodagi eng yaxşi, balki eng maşhur odamga aylanasiz. Barça qilayotgan işlaringiz uçun sizga rahmat. Tangri sizni panohida asrasin. Pasport uçun yana bir bor rahmat. Men – rusman", deb aytgan Jons.
Jons 4 ta vazn toifasida (72,6 kg, 76,2 kg, 79,38 kg gaça va öta oğir vazn toifalari) jahon çempioni böla olgan dunyodagi birinçi boksçi hisoblanadi. Boksçining hisobida 65 ta ğalaba va 9 ta mağlubiyat bor. Boksçi Rossiya fuqaroligini 2015 yil sentabrida olgan.












