Çilim — moslaşuvçan nayçaga ega çekiş qurilmasi. Unda tamaki tutuni suyuqlik orqali ötadi va şu tariqa öpkaga "yöl oladi". Çilimda odatda xuşböy tamaki va barglarni yoquvçi kömirdan foydalaniladi. Aslida aynan nimani çekişning ahamiyati yöq, zero çekişning har qanday körinişi - zararli. "Layfxaker" çilim çekişning xavfiga doir ma'lumotlar bilan bölişdi.

Çilimda nikotin bor

Sigaret çekişga bir neça daqiqa sarflansa, çilimdan bunday tez qutulib bölmaydi. Har kuni bir marta çilim çekiş (bu taxminan 20-80 daqiqa degani) - kuniga 10 tadan sigaret çekişga teng, organizmda xuddi şunça nikotin qoladi.

Sigaretdagi nikotinni hisoblaş imkoni mavjud bölsa, çilimda bu qiyinroq, çunki bir çilimdagi tamaki miqdori va çekiş vaqti bir xil emas, çilimlarning özi ham muayyan standartga ega emas.

Bir sigaret çekiş - bu taxminan 12-15 marta tamaki tortiş, bir soat çilim çekiş esa - taxminan 200 marta. Çilim çekiş vaqtida neça marta tamaki tortilsa, öpkada şunça sigaret böladi.

Tarkibida nikotin borligi tufayli çilim çekişni taşlaşga yordam bermaydi: tobe'ligi bölgan kişilar öz dozasiga ega böladi, tobe'ligi bölmaganlar esa nikotinga moyillikni his qila boşlaşadi.

Çilimdan köproq tutun tortiladi

Nikotin çilimdagi yagona zararli modda emas. Uning tutuni soğliq uçun zararli boşqa moddalarga ham ega. Masalan, kömir yoqilganda hosil böluvçi uglerod oksidi, metallar, formaldegid, atsetaldegid, benzol - 27dan ortiq kanserogen modda.

Tutun uni tozalaşi kerak bölgan suv orqali ötadi. Suv buği tufayli ham çilim tutunlaridagi köplab xavfli moddalar konsentratsiyasi sigaret tutunidan kamroqdek tuyuladi, şunday bölsa-da, ular mavjud. Suv - sanoat filtri emas, yot moddalar organizmda qoladi va öpkaga ötadi. Xuddi öşa nikotin 5 foizdan kamroq filtrlanadi, tutun kölami ham ma'lum bir rol öynaydi.

Bir çilim çekiş natijasida öpkadan 90 000 ml tutun ötadi, sigaretadan esa - 500-600 ml.

Darvoqe, bu tutun nofaol çekuvçilar va umuman çekmaydiganlar uçun ham xavfli. Çilim çekayotganlarning yonida şunçaki ötiriş uni biroz çekkanlik darajasiga teng.

Ba'zi tadqiqotlar çilimning sigaretdan xavfsizroq ekanini körsatsa-da, bu ularning salomatlikka tahdid solmasligini bildirmaydi. Bu masalada tadqiqotçilar fikri farqlanadi. Qanday bölmasin, bir neça yil davomida çilim çekiş kuçli asoratlarni keltirib çiqarişi mumkin.