Dubaydagi Gitex körgazmasida uçar taksi va "aqlli piyodalar yölagi" namoyiş etiladi. Dubay yöl-transport boşqarmasida şu haqida xabar berildi. 

Smart Dubai maxsus stendidan mahalliy hukumatning önlab yangi loyiha va taşabbuslari örin oladi. Ularning orasida - Dubayda ekspluatatsiya qilinişi kutilayotgan dunyodagi ilk uçuvçisiz uçar taksi ham bor. U joriy yilning sentabrida sinovdan ötkazilgan.

Uçar taksi Germaniyaning öta yengil toifali elektron  vertolyot-multikopterlarini işlab çiqaruvçi Volocopter kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan. Uçar taksilar Dubay hukumati dasturining bir qismiga aylanadi. Hukumat dasturiga köra, 2030 yilga borib, şahardagi barça transport vositalarining 25 foizi avtonom boşqaruvga ega bölişi kerak.

Uçuvçisiz taksilar ikki yölovçiga möljallab loyihalaştirilgan.
 
Parvozning maksimal vaqti 30 daqiqani taşkil qiladi, örtaça tezlik - 50 km/s, makismal tezlik esa - 100 km/s. Akkumulyatorni har 40 daqiqada quvvatlantirib turiş kerak böladi.

"Körgazmada taksining şahar transport tizimi - metro, tramvay, avtobus, taksi va suv transporti bilan qanday integratsiyalaşişi, şuningdek mazkur servisning qanday qilib maxsus mobil ilova yordamida taqdim etilişiga alohida e'tibor qaratiladi", - deya ma'lum qilindi boşqarmada. 

Bundan taşqari, körgazmada "aqlli piyodalar yölagi" taqdim etiladi. Bunday yölakda svetoforning operatsion tizimi yerdagi optik tizimga ulangan, signal çiroqlar faoliyati bilan sinxronlaşgan datçiklar orqali işga tuşiriladi.

Datçiklar piyodalar harakatini hisoblab, svetofor signalining qolgan vaqtini avtomatik ravişda töğirlaydi, bu esa piyodalarning yöldan ötiş xavfsizligini ta'minlaydi. 

Gitex yakşanba kuni öz işini boşladi, körgazma 12 oktabrga qadar davom etadi.