Andijon viloyatining Oltinköl tumanida Içki işlar vazirligi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralar bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida,  şu tumanida istiqomat qiluvçi 1977 yilda tuğilgan T.M.ning xonadoni tomorqasidagi 1 kv. metr maydonda naşa yetiştirgani aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Olib borilgan tezkor-suriştiruv işlari davomida, T.M.ning yaşaş xonadonida qurilişi tugallanmagan xonadan 6 dona polietilen qoplarga va 1 dona tselofan paketga solingan, jami oğirligi 4 kg. 204 gr. «marixuanna» giyohvandlik vositasi olindi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Özbekiston  Respublikasi  Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.