Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi Qirğiziston prezidentining mamlakat içki işlariga aralaşuv böyiça sözlarini nomaqbul va provokatsion, deb hisoblamoqda.

Şanba kuni Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev qöşni Qozoğistonni respublika içki işlariga, xususan 15 oktabr kuni bölib ötadigan Qirğiziston prezidentligi uçun saylov jarayoniga aralaşişda aybladi.

«Qirğiziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atamboyevning 2017 yil 7 oktabr kuni Qozoğiston Respublikasi rahbariyatiga tegişli bölgan va Qirğiziston ommaviy axborot vositalarida keng tarqalgan bayonotlari munosabati bilan Qozoğiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi qat'iy protest bildiradi va ikki döstona mamlakatlar örtasidagi munosabatlarda ularga yöl qöyib bölmaydi, deb hisoblaydi», - deyiladi taşqi siyosat idorasi bayonotida.

Vazirlikdan işonç bildirişlariça, «Qirğiziston prezidentining saylovoldi maqsaddagi mas'uliyatsiz, provokatsion va yolğon bayonotlari mamlakatlarimiz örtasidagi köp asrlik döstlik va özaro yordam aloqalariga zarar yetkaza olmaydi».

«Qozoğiston tomoni qirğiz xalqi bilan an'anaviy ravişda birodarlik munosabatlarini rivojlantiriş kursiga sodiq qolmoqda», - deya ma'lum qilişgan TIVdan.

Atamboyevning prezidentlik muddati 1 dekabrda tugaydi va konstitutsiyaga köra, u prezidentlikka yana öz nomzodini qöya olmaydi. Atamboyevning merosxöri sifatida baholanayotgan nomzod Sooronbay Jeenbekovning asosiy raqiblaridan biri mamlakat sobiq boş vaziri Omurbek Bobonov bölişi kutilmoqda. 

Qirğiziston va Qozoğiston örtasida sentabr oyi oxirida diplomatik mojaro yuz bergandi. Bu Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Bobonov bilan uçraşgani tufayli röy berdi. Bişkek Ostonani «xalqning tanloviga ta'sir ötkaziş» va mamlakatning içki işlariga aralaşişga urinayotganlikda aybladi.