Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya 10 oktabr kuni Rossiyaning Soçi şahrida Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Taşqi işlar vazirlari kengaşining navbatdagi majlisida iştirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Majlisda Hamdöstlik doirasidagi hamkorlik istiqbollari va Davlat rahbarlari kengaşining bölajak majlisiga tayyorgarlik köriş jarayonini muhokama qiliş rejalaştirilmoqda.
MDH iştirokçi davlatlarining taşqi siyosat idoralari rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almaşadi.












