Avstraliyada quyoş batareyalarida yuruvçi avtomobillar xalqaro poygasi The World Solar Challenge boşlandi.
42 ta maşinadagi iştirokçilar Avstraliya qit'asini şimolidan janubiga tomon ötişlari kerak böladi. Bu esa 3 ming km ga yaqin masofaga teng.
Taxmin qilinişiça, şimoldagi Darvin şahridan janubdagi Adelaidaga yöl bir haftaça vaqtni oladi. Şuni hisobga olgan holda, maşinalar soatiga 90-100 km bilan harakatlanadilar.
"Joriy yilda Bridgestone World Solar Challenge poygasining 30 yilligi nişonlanadi. Şu sababli tadbir iştirokçilari uşbu voqeaga yaxşi tayyorgarlik körişgan", deb aytmoqda poyga direktori Kris Selvud.
Ta'kidlanişiça, uşbu poygada rekord 2009 yilda örnatilgan va Yaponiyadagi Tokay universiteti yaratgan avtomobilga tegişli. Öşanda maşina masofani 29 soat-u 49 daqiqada bosib ötgan.

















