Eron AQŞ Tehronga qarşi yangi sanksiyalar qabul qilsa va Islom inqilobi qöriqçilari korpusini (IIQK) terrorçilik taşkiloti deb e'lon qilsa, buning oqibatlari yomon bölişidan ogohlantirdi.

IIQK brigada generali Muhammad Ali Ja'fariy Eron bu holatda javob çoralari körişga tayyorligini aytgan. "Agar AQŞ hukumati ahmoqligi haqidagi yangiliklar rost bölsa va u Islom inqilobi qöriqçilari korpusini terrorçilik guruhi deb e'lon qilmoqçi bölayotgan bölsa, unda IIQK AQŞ armiyasini butun dunyoda va ayniqsa Yaqin Şarqda IŞIDga tenglaştiradi", deb aytdi Ja'fariy.

Ja'fariy şuningdek AQŞga mintaqada joylaşgan harbiy bazalarini Eron raketalari nişonga ura oladigan sarhadlar ortiga, ya'ni 2 ming km uzoqroqqa köçirişni tavsiya qildi.

6 oktabrda Oq uy Eronni raketalar sinovi uçun, terrorçilikni qöllab-quvvatlaş va kiberoperatsiyalarda ayblab, unga qarşi yangi sanksiyalar kiritilişini ma'lum qilgandi.