Köpinça katta avlod vakillaridan “yoşlar kitob öqimay qöydi” degan tanbehni eşitamiz. Haqiqatan ham şundaymi? Yoşlar faqat internet bilan andarmon bölib, kitob öqimay qöydimi? Ziyouz.uz portali hozirgi yoşlar qanday kitob öqiyotganlari bilan qiziqdi.
Portal tomonidan avvalroq Ziyolilar: kim nima öqiyapti?” deb nomlangan sörovnoma ötkazilgan edi. Unda atoqli olimlar, yozuvçi-şoirlar, adabiyot va boşqa soha vakillari – millatimiz ziyolilari iştirok etişgan edi. Şu an'anani davom ettirgan holda “Yoşlar nima öqiyapti?” mavzusida sörovnomaga ham start berildi. 12 oktabrga qadar uşbu anketa savollariga javob bersangiz:
1. Ismi-şarifingiz.
2. Tuğilgan yilingiz (e'lon qilinmaydi, javoblar şunga köra tartiblanadi).
3. Kasbingiz, iş (öqiş) joyingiz.
4. Hozir qaysi kitobni öqiyapsiz? (50 ta sözdan oşmasligi kerak).
5. Sönggi öqigan kitobingiz (50 ta sözdan oşmasligi kerak).
Javoblar jamlanib, tartiblangandan söng, www.ziyouz.uz saytida e'lon qilinadi. Yoşlar orasida eng köp öqilayotgan kitob, muallif nomlari e'lon qilinadi. Şuningdek, yoşlar qaysi tillarda, qaydan mavzularda muhokama qilayotgani tahlil qilinadi.
Javob berayotganda kitob va uning muallifini aniq körsating. Kitob haqidagi fikringizni qisqaça bayon qiling. Sörovnomani boşqa ziyoli yoşlarga ham yuborişingiz mumkin.
Javoblarni şu yerdan yuborişingiz mumkin:











