Kundalik hayotimizda eng keng tarqalgan ijtimoiy munosabatlardan biri, bu albatta qarz oldi-berdisidir. Kimgadir qarz bermagan yoki kimdandir qarz olmagan insonlar deyarli uçramasa kerak. Çunki qarz deganda faqat pul tuşunilmaydi, biror buyum yoki boşqaça körinişdagi aşyolar ham qarz predmeti bölişi mumkin.

Qarz eng avvalo özaro işonç demakdir. Biroq har doim ham quruq işonç özini oqlayvermaydi. Kimdir atayin, kimdir ilojsizligidan olingan qarzini qaytarmaslik holatlari köp uçraydi. Şunday paytda nima qiliş kerak? Quyida qarz oldi-berdisi jarayonida tavsiya etiladigan maslahatlar bilan tanişişingiz mumkin.


1. Işonçli insonga qarz bering

Bu maslahat bir qaraşda kulgili tuyilişi mumkin. Çunki, kim ham işonçsiz insonga qarz berardi? Odatda omonatga xiyonat eng yaqinlarimizda uçraydi. Qarz bersang ham pulingdan, ham döstingdan ayrilasan, degan ibora xalq orasida bejizga keng tarqalmagan.

Biroq işonçli deganda, faqat ma'naviy işonç emas, moddiy işonçni ham hisobga olişni maslahat beramiz. Ya'ni qarz sörab kelgan tanişingiz aytilayotgan muddatda qarzini qaytara olişiga közingiz yetadimi, uning moddiy daromadi haqiqatda Sizdan olingan qarz miqdorini qaytara olişga yetadimi, degan savollarni bir lahza öylab köring. Qadrdon insonga yöq deyiş juda oğir. Ammo döstingiz sizdan bir marta xafa bölgani yaxşimi yoki bir umrga u bilan munosabatlarni uzgan ma'qulmi, şu haqida ham xulosa qilib qöyişni maslahat beramiz.


2. Tilxat olişni unutmang

Xayolingizga birinçi kelgan fikr, qanday qilib yaqin insondan tilxat yozdirib oliş mumkin, degan savol böldimi? Ha, özbekçilik deymiz, köz-közga tuşadi deymiz, uyat böladi deymiz, umuman olganda bizdan qarz söragan insondan tilxat söraşimiz juda oğir. Lekin qançalar oğir bölmasin, tilxat oling va bu hujjat öz pulingiz özingizga qaytişini qisman suğurtalaydi.

Tilxat eng kamida quyidagi sodda körinişda yozilişi ham mumkin:

T I L X A T

Men fuqaro F.I.Ş. (pasport ma'lumotlari: seriyasi, nomeri, berilgan joyi va vaqti) 2017 yil 7 oktabr kuni fuqaro F.I.Ş.dan dan 3.000.000 (uç million) söm miqdordagi naqd pulni foizsiz qarz sifatida oldim.

Uşbu qarzni 2017 yil 31 dekabr kuniga qadar töliq miqdorda qaytarib beraman.

Tilxat tagida qarz oluvçi va beruvçining töliq ism-şariflari qisqartmalarsiz har biri tomonidan öz dastxatlari bilan yozilişi, tilxat töldirilgan sana körsatilişi va albatta imzolanişi kerak.

 

3. Qarz şartnomasini tuzing

Agar biror döstingiz yoki tanişingizga summasi eng kam iş haqining ön baravaridan ortiq bölgan (1 mln. 500 ming söm) miqdorda qarz berayotgan bölsangiz yozma şaklda şartnoma tuzing. «Oddiy tilxat söraşga xijolat bölamizu, şartnoma tuzişga yöl bölsin» demoqçimisiz? Jamiyatimizda bugun eru xotin örtasidagi nikoh şartnomasi tuziş masalasi muhokama qilinayotgan bir paytda, qarz şartnomasi nima böpti? Sira xijolat bölmang.

Agar sizdan qarz olayotgan taraf yuridik şaxs bölsa, unda qarzning summasidan qat'i nazar şartnoma tuziş lozim.

 

4. Şartnomani töğri tuzing

Qarz şartnomasi matnida quyidagilar nazarda tutilişi lozimligiga e'tibor bering:

1. tuzilayotgan vaqti va joyi;

2. taraflari;

3. qarz summasi (biror bir aşyo bölsa uning turi, nomi);

4. tölovning naqd yoki boşqaça usulda amalga oşirilişi;

5. qarzni qaytariş muddati va usuli;

6. taraflarning majburiyatlari;

7. taraflarning javobgarligi;

8. nizoni körib çiqiş tartibi;

9. şartnomaning amal qiliş muddati;

10. taraflar haqidagi töliq ma'lumotlar (pasport böyiça) va ularning imzolari.

Qarz şartnomasini imzolaşda qarz oluvçining pasportidan nusxa olib, şartnomaga qöşib qöysangiz zarar qilmaydi. 

Qarzni rasmiylaştiriş uçun şartnomaning namunasi ilova qilinadi, yuklab olişingiz mumkin.

 

5. Notariusda rasmiylaştiriş şart emas

Qarz beriş çoğida yuqorida aytilgan qoidalarga rioya etsangiz kifoya, şartnomani notarius orqali rasmiylaştiriş şart emas, bu ortiqça xarajat va ortiqça harakatdan boşqa narsa emas. Lekin har ehtimolga qarşi notariusdan ham ötkazmoqçi bölsangiz, bu taqiqlanmagan.

 

6. Guvohlar bölgani ma'qul

Agar siz qarz sörab kelgan insondan na tilxat talab qilsangiz va na qarz şartnomasi tuzişni söray olsangiz, unda sizga heç bölmaganda qarzni guvohlar oldida berişni maslahat qilamiz. Qarz şartnomasini imzolaş yoki qarzdordan tilxat oliş paytida guvoh iştirok etsa-ku, nur ustiga a'lo nur bölar edi.

Imkoni bölsa guvohlar ikkala taraf uçun ham xolis bölişi lozim. Çunki yaqin qarindoşlaringizning guvohligi şubhali böladi.

E'TIBOR BeRING: guvohlar faqat 1 yarim million sömgaça bölgan qarzdagina sizga yordam bera oladi. Agar qarz miqdori bundan yuqori bölsa va tilxat yoki qarz şartnomasi tuzilmasdan, faqat guvohlar iştirokida berilgan bölsa, unda guvohlarning gapi dalil böla olmaydi.

 

7. Qarzdor jinoyatçi emas

Köpçilik qarz bergan odamidan pulini kelişilgan vaqtda ololmasa darrov prokuratura yoki içki işlar idoralariga yugurib qoladi. Şuni unutmangki, qarz olgan odam jinoyatçi emas, u qonunni buzgani yöq, şunçaki fuqaroviy şartnomaviy majburiyatlarini bajarişdan böyin tovlayapti, xolos.

Qaçon huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qiliş lozim, qaçonki qarzdor sizni aldaş yoki işonçingizni suiiste'mol qiliş yöli bilan sizga tegişli bölgan mulkini qölga kiritgan bölsa va olgan qarzini qaytarib bermaslikni oldindan maqsad (qasd) qilib olgan bölsa (masalan: döstingiz çet elga ketmoqçi va yaqin yillar içida qaytib keliş niyati yöq, lekin u sizdan buni yaşirib, biror boşqa bahona bilan yaqin muddatda qaytarib berişni va'da qilgan holda qarz olsa va qaytarmasa) bu jinoyatdir. Ana şunday hollarda bemalol içki işlar organlariga murojaat qilişingiz mumkin.

 

8. Sudga bering

Qarz qaytarilişi lozim bölgan muddat keldi yoki bu muddat ötib ham ketti. Qarzdor öz ixtiyori bilan olgan qarzini qaytaradiganga öxşamayapti. Endi nima qiliş kerak?

Bunday holatda albatta tegişli vakolatli fuqarolik işlari böyiça (odatda qarzdor joylaşgan hududdagi) sudga da'vo arizasi kiritişingiz lozim böladi.

Unutmangki, bu tekinga bitmaydi va muayyan tölovni amalga oşirişni talab qiladi. Da'vo ariza sudda körib çiqilişi uçun qarz summasining 2 foizi miqdoridagi (masalan 100 mln. söm qarz uçun 2 mln. söm) pulni davlat boji sifatida tölanadi. Xavotir olmang, agar sudda yutib çiqsangiz, davlat boji uçun tölagan pulingizni ham qarzdordan undirib olişingiz mumkin böladi.

Biroq sudga da'vo ariza kiritdim, deganingiz bu iş bitdi degani emas. Bu asosiy iş endi boşlandi degani. Oldinda hali sud jarayonlari bor, suddagi yugur-yugurlar, soatlab kutişlar, tortişuvlar, uzoq muddatga çözilişlar va h.k.

E'TIBOR BeRING: Agar qölingizda yuqorida aytilganday işonçli dalillar bölmasa, sudga beriş masalasini yaxşilab öylab körişni maslahat beramiz. Çunki qarzni oliş tugul, yana ortiqça xarajatga tuşişingiz mumkin. Uşovidan tuşovi...

 

9. Ijroni nazorat qiling.

Sud jarayonlari köngildagidek ötsa va siz kutgandek qaror qabul qilinsa ham qarzdor «mana» deb pulni berib qöymaydi.

Sudning sizning foydangizga çiqarilgan hal qiluv qarori va ijro varaqasini oling-u, qarzdor yaşaydigan tuman (şahar)dagi Majburiy ijro byurosiga çoping. Undiruv böyiça ijroçi xodim kim ekanligini aniqlang, u bilan yaqindan tanişib oling va imkoni bölsa xizmat xonasi hamda qöl telefoni raqamlarini oling. Çunki ijroçining qölida işi köp, sizning işingiz yodidan çiqib ketişi yoki şunçaki sizgaça navbat yetib kelişi çözilib ketişi mumkin. Şunday qilib, qarzni undirib oliş uçun uzoq davom etadigan jarayonlarning eng sönggi bosqiçida sizga öz işiga ma'suliyatli ijroçi uçraşini tilab qolamiz.

Agar qarzdorning nomida mol-mulki bölmasa va tayinli joyda işlamasa, unda... Sizga hamdardmiz...

«Qöl bilan berib, oyoq bilan olaman» deganlari şu böladi...

 

10. Odamgarçilikni ham unutmang.

Qarz oldi-berdisida tarozining bir pallasida masalaning huquqiy tomoni tursa, ikkinçi pallasida diniy-ma'rifiy tomoni turadi. Qarzdorlar har doim ham atayin, ğaraz niyatda qarzini qaytarmay, qoçib yurmaydilar. Köpçilik haqiqatdan moddiy imkoniyati noçorligi yoki ayrim sabablar bilan olindan közlangan maqsadga yeta olmaganligi uçun qarzini vaqtida qaytara olmasligi ham mumkin. Şunday paytlarda qarzdor tarafni ham töğri tuşuniş va masalaning diniy tomonlarini ham örganib qöyiş, maqsadga muvofiq bölar edi.

Saytimizda avvalroq e'lon qilingan «Qarz oluvçi ham, beruvçi ham Alloh taoloning roziligini niyat qilsin» nomli maqolada ham şu xususda söz yuritilgandi. Qarz berişning savobi hadya berganning savobidan köra köproqligi haqida hadisi şarif bor. Şuningdek, Qur'oni majidning bir neça joyida «Alloh uçun qarzi hasana beruvçi bormi?» ma'nosidagi oyatlar keladi (Baqara, 245; Moida, 12). Bu boy, mard kişilarga xitob. Öşanday kişilar qarzi hasana berişsin va qarz olgan taraf to joyini töldirguniça sabr etib, qistalang qilmay tursin. Bu vaqtda Razzoq va Vahhob Alloh taolo Öz fazli bilan boşqa tomondan qarzi hasana bergan mömin bandasiga fayzu barakot yetkazib turadi. Bu odamzotning emas, Haq subhonahu va taoloning va'dasi. U Zot va'dasiga aslo xilof qilmaydi!

Payğambarimiz (s.a.v.)  marhamat qiladilar: «Jannatga kirdim va uning eşigida: «Sadaqa ön (barobar savob) bilan, qarz ön sakkiz (barobar savob) bilan (mukofotlanadi)», degan yozuvni kördim. Şunda: «Ey Jabroil, qanday qilib sadaqa ön, qarz ön sakkiz barobar böladi?» deb söradim. U aytdiki: «Sadaqa boyning ham, faqirning ham qöliga tuşaveradi. Qarz esa, faqat unga muhtoj bölganning qöliga tuşadi» (Tabaroniy rivoyati).

 

Söngsöz örnida: qarzdorlarga maslahat

Qarz berganlarga maslahat berdik, qarzdor insofsiz bölsa qarzni qaytariş oson emasligini ham kördik. Agar Siz kimdandir qarzdor bölsangiz, balki bularni öqib xursand ham bölayotgandirsiz. Biroq...

Sizga maslahatimiz, birovning haqqidan qörqing. Quyidagi hadislarni öqib çiqsangiz yomon bölmasdi:

Jobir rozillohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qarzi böla turib ölgan odamga janoza öqimas edilar. Bir mayyit olib kelindi. Bas, u zot: «Uning zimmasida qarzi bormi?» dedilar. «Ha, ikki dinor», deyişdi.  «Sohibingizga özingiz janoza öqing» dedilar. «Öşa ikki dinor mening zimmamga, ey Allohning Rasuli», dedi Abu Qatoda. Şunda Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam janoza öqidilar».

Uşbu hadisga binoan, hozirda ham har bir mayyitga janoza namozi öqişdan oldin, marhumning farzandlari yoki yaqinlaridan biri qarzini ado qilişni zimmasiga oladi va söngra janoza namozi öqiladi.

Nasaiy qilgan rivoyatda: «Mening jonim qölida bölgan zot ila qasamki, agar bir kişi Allohning yölida qatl qilinsa, söng tiriltirilsa va yana qatl qilinsa va tiriltirilsa, söng yana qatl qilinsa-yu, uning zimmasida qarzi bölsa, qarzi ado etilmagunça jannatga kirmas» deyiladi. Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qasam içib turib aytişlari ham bu iş qançalik ahamiyatli ekanini körsatadi. Çunki qarz bandaning haqqi, bu haqni faqat egasi keçiradi xolos. Egasi haqidan keçmagunça Alloh taolo ham keçirmaydi.