Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonga uning akasi Nuriddin Rahmonning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi.

Şavkat Mirziyoyevning Rahmon nomiga yöllangan maktubida "Sizning akangiz Nuriddin Rahmonning bevaqt vafoti haqidagi xabarni çuqur qayğu bilan qabul qildim", deb ta'kidlangan.

Şavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidentiga oğir judolik munosabati bilan özining samimiy hamdardligini bildirgan.

Nuriddin Rahmon 7 oktabrda 67 yoşida Duşanbedagi şifoxonada hayotdan köz yumdi. Ta'kidlanişiça, marhum heç qanday davlat lavozimini egallamagan va oxirgi yillar pensiyada bölgan.