Özbekistonning Moskva şahridagi Elçixonasi 7 oktabr, Moskva vaqti bilan soat 20.00 holatiga köra Vladimir viloyatida yuz bergan yöl-transport hodisasi natijasida 17 kişi halok bölgani haqida rasman ma'lumot berdi. Ulardan 15 nafari Özbekiston fuqarosi, 1 nafari Qozoğiston fuqarosi, yana bir kişining şaxsi aniqlanmagan.

3 nafar özbekistonlik şifoxonaga yotqizilgan, 36 kişi yengil tan jarohati olgan.

«Halok bölganlardan 15 nafar Özbekiston fuqarolari jasadlari aniqlaştirildi. Jumladan 7 oktabr kuni 29.08.1997 yilda Buxoro viloyatida tuğilgan Mirzoyev Mirşod Mirjon öğli jasadi aniqlaştirildi.

Rossiyaning tegişli organlari yana bir jasad şaxsini va fuqaroligini aniqlaş işlarini olib bormoqda.

Özbekiston va Rossiya soğliqni saqlaş vazirliklarining özaro kelişilgan qaroriga köra mamlakatimizning uç nafar fuqarosi (oğir ahvoldagi 2 voyaga yetgan kişi va 1 yoş bola) soğaytiriş uçun Vladimir viloyatining klinik şifoxonasida qoldirildi. Ularni davolaş uçun yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi.

8 oktabrga ötar keçasi avariyaga uçragan 36 fuqaro va 15 ta jasad bilan Özbekiston maxsus samolyoti Jukovskiy aeroportidan uçib ketdi va Termiz şahriga yetib keldi.

8 oktabr tongida halok bölganlarning jasadlari va jarohatlanganlar Termiz, Andijon va Buxoro şaharlariga yetkazildi», deyiladi TIV xabarida.