Argentinaning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirşner 1994 yilda Buenos-Ayresda yahudiy madaniy markaz portlatilişi işi böyiça söroqqa çaqirildi va unga mamlakatni tark etiş taqiqlab qöyildi.
"Federal sudya Klaudio Bonadio 26 oktabrga sobiq prezident körsatmalar berişini belgiladi", deb ma'lum qilindi sud doiralaridagi manba.
Markaz portlatilişini tergov qilgan argentinalik prokuror Alberto Nisman Kirşner va öşa vaqtda taşqi işlar vaziri bölgan Ektor Timermanni portlaşga aloqador deb hisoblangan eronliklarga "jazosizlikni ta'minlaş" maqsadida til biriktirişda ayblagan.
Keyinroq Nisman öz uyida ölik holda topilgan. Nacion naşri jandarmeriya ixtiyorida bölgan ma'lumotlarga tayanib, Nisman dastlab taxmin qilingandek öz joniga qasd qilmagani, balki öldirilganini ma'lum qilgan.

















