Atlantika okeanida 9 oktabrda yangi "Ofeliya" tropik böroni vujudga keldi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.  

Ta'kidlanişiça, hozirça böron "Xarvi" va oxirgi vaqt kuzatilgan boşqa dovullar kabi xavfga ega emas.  

"Ayni vaqtdagi prognozlar "Ofeliya" quruqlikka xavf tuğdirmasligini körsatmoqda", deb aytgan meteorolog Jadson Jons.

AQŞning dovullardan ogohlantiriş milliy markazining ta'kidlaşiça, böron Azor orollaridan 1384 km uzoqlikda şakllangan. Dastlabki prognozlarga köra, kelayotgan juma kuniga "Ofeliya" sekin-asta kuçayib, dovulgaça yetişi mumkin.