11 oktabr kuni Rossiyaning Soçi şahrida Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisi ötkaziladi.
RF prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakovning ma'lumot berişiça, hamdöstlikka a'zo davlatlar rahbarlari jinoiy yöl bilan topilgan daromadlarni qonuniylaştirişga qarşi kuraşiş, şuningdek, terrorizmni moliyalaştiriş hamda ommaviy qirğin qurollarini tarqatişga qarşi kuraşiş sohasidagi hamkorlik konsepsiyasini muhokama qilişadi.
Özbekiston TIV rasmiy sayti uşbu yiğilişda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etişini tasdiqlagan. Xabarda aytilişiça, majlisda MDHga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlari köp qirrali hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qilişi, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi masalalar yuzasidan fikr almaşişi, 2018 yilda Hamdöstlikka raislik qiladigan davlat masalasini körib çiqişi kutilmoqda.
Sammit yakunida MDHga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Oila instituti va an'anaviy oilaviy qadriyatlarni qöllab-quvvatlaş böyiça bayonoti, 2019 yilni Kitob yili, 2020 yilni 1941-1945 yillardagi uluğ Vatan uruşida qozonilgan ğalabaning 75 yilligi yili, deb e'lon qiliş haqida qaror, şuningdek, Hamdöstlik mamlakatlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan boşqa hujjatlar qabul qilinişi rejalaştirilgan.
Özbekiston Prezidenti Soçi şahrida ikki tomonlama qator uçraşuvlar ham ötkazadi.
Eslatib ötamiz, Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev MDH davlatlari rahbarlari yiğilişida iştirok etişdan boş tortgan.












