
"Barselona" va Argentina terma jamoasi hujumçisi Lionel Messi dunyoning eng yaxşi futbolçilaridan biri hisoblanadi.
U "Oltin töp" sovrinini 5 marta qölga kiritgan yagona insondir. U muvaffaqiyatga eltgan 7ta qoidaga amal qiladi.

1. Özing yaxşi köradigan iş bilan şuğullan
"Men uçun ahamiyatga ega bölgan yagona narsa - futboldir. Men yoşligimdan uning şaydosiman. Agar qilayotgan işing özingga yoqmasa, undan zavq olmasang, uni taşlab yubor. Mana şu - eng muhimi".
2. Eng yuqori çöqqiga intil
"Men yanada köproq natijalarni qölga kiritişga, köproq sovrinlarga ega bölişga intilaman. Yangi mavsum boşlangaç, asosiy maqsadimiz barça sovrinlarni qölga kiritiş deb har doim aytaman. Faoliyatimni iloji boriça köproq sovrin bilan yakunlamoqçiman".

3. Eng aşaddiy tanqidçing özing bölişing kerak
"Öz işingga tanqidiy yondaş, xotirjamlikka berilma. Mehnat qiliş va rivojlanişdan töxtama".
4. Diqqat-e'tiboringini susaytirma
"Diqqat - e'tiboringni asosiy faoliyatingga qarat. Men özimni çalğituvçi gap-sözlar, voqealarga e'tibor qaratmayman".

5. Jamoa uçun mehnat qilgin
"Qölga kiritgan yutuqlarim faqat özimning mehnatim tufayli emas. Menga jamoadoşlarim, döstlarim kömak va dalda berib turgan. Ularning yordami bilan bunday natijalarga erişmoqdaman".











