Sönggi bir yil içida jamiyatimizda qanday ulkan özgarişlar, yangilanişlar bölayotganiga barçamiz birday guvohmiz: eng muhimi, yurtdoşlarimiz jonlanib, özlarini öylantirayotgan masalalar böyiça oçiq-oydin fikr almaşyapti, öz mulohazalarini örtaga taşlab, jamoatçilik xulosasi şakllanişiga hissa qöşyapti. Fikr almaşişga, yeçim axtarişga arzigulik masalalar esa oz emas. Şulardan biri — milliy yozuvimiz masalasidir.
Garçi mustaqillikning ilk yillarida, aniq aytadigan bölsak, 1993 yilning 2 sentabr kuni Oliy Kengaşning ön ikkinçi çaqiriq XIII sessiyasida bu masala qonunan hal qilingan, ya'ni Özbekistonda lotin grafikasiga asoslangan özbek alifbosi milliy yozuv sifatida rasman belgilangan bölsa-da, hali-hanuz bu qonun ijrosi hayotimizda töla-tökis aks etmayapti. Tabiiyki, «Nima uçun?» degan savol tuğiladi. Bu savolning javobi bir neça omillarga borib taqaladi. Şulardan biri — bugun amalda bölgan özbek lotin alifbosidagi ayrim noqisliklardir. Bu noqisliklar haqida, mana, yigirma yildan oşdiki, turli davralarda gapirib kelyapmiz. Oxirgi yillarda esa köplab maqolalar ham paydo bölyapti. Ularda yangi alifbomizni takomillaştiriş böyiça turli-tuman takliflar, mulohazalar örtaga taşlanyapti. Zero, bu vazifa Birinçi Prezidentimiz Islom Karimovning 2016 yil 13 maydagi «Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetini taşkil etiş töğrisida»gi farmonida ham aniq belgilab berilgan edi. Jumladan, farmonda universitetning asosiy vazifalaridan biri sifatida «özbek tilining asl tabiati va xususiyatlarini töla aks ettiradigan mukammal akademik va öquv grammatikalarini yaratiş, uning tovuşlar tizimi va ularning yozuvda aks etişi, joriy imlo qoidalarini takomillaştiriş böyiça ilmiy asoslangan takliflar tayyorlaş...» masalasi qayd etilgan edi. Mazkur vazifani bajariş maqsadida Özbek tili va adabiyoti universiteti qoşida taniqli mutaxassislardan iborat işçi guruh tuzildi. Uşbu guruh ötgan vaqt mobaynida lotin alifbosiga asoslangan özbek yozuvi va imlo qoidalarini takomillaştiriş böyiça iş olib boryapti. Albatta, bu işçi guruh şu paytgaça qanday işlarni amalga oşirganini sarhisob qiliş — alohida maqola mavzusi. Ammo, muhimi, milliy alifbomizdagi nuqsonlarni bartaraf etiş böyiça ilmiy asosda iş ketyapti. Işçi guruh özining sönggi xulosasini rasman taqdim qilsa, şubhasiz, u keng jamoatçilik tomonidan obdon muhokama etilib, tilimiz uçun eng qulay alifboga ega bölamiz, degan umiddamiz.
Ammo... sönggi paytlarda yangi alifbomizdagi ayrim tuzatsa böladigan jihatlarni dastak qilib, lotin alifbosi biz uçun umuman yaroqsiz, degan öta asossiz da'volarni eşitib taajjubga tuşyapmiz. Davlat tili darajasiga kötarilgan turkiy tillarning aksariyatiga juda mos kelayotgan lotin yozuvi nega endi özbek tili uçun muvofiq emas ekan?! Agar ayrim muammolar bölsa, gap alifbodami yoki bizning özimizdami?
Mavzuga oid
Taniqli adabiyotşunos Zuhriddin Isomiddinovni zukko, haqgöy olim sifatida bilamiz. U kişini tanigan kattalar ham, yoşlar ham birday hurmat qiladi. Jumladan, ustoz olimimizga şaxsan mening ham hurmatim baland. Televizor, radiodagi çiqişlarini jon quloğim bilan tinglab, maqolayu suhbatlarini qiziqib öqib boraman. Ammo ustozning «Yoşlar» telekanalida efirga uzatilgan, lotin va kirill alifbolari tahliliga bağişlangan körsatuvdagi fikr-mulohazalarini eşitib, oçiği, ajablandim. U kişining «Masalaga siyosiy emas, ilmiy jihatdan yondaşaylik. Agar ilmiy jihatdan qaraydigan bölsak, biz uçun eng maqbul yozuv — kirill alifbosi» degan mazmundagi xulosasini eşitarkanman, bu borada qanday ilmiy asoslar bor ekan, deb öyga toldim. Televideniye işidan unça-munça xabarim bölgani uçun könglimdan «Bu, axir, tok-şou, unda albatta qarama-qarşi fikrlar bölişi şart. Balki Zuhriddin aka ataylab tarafdori kam bölgan tomonning qaraşlarini himoya qilib, körsatuvning qiziqarli bölişiga yordam bergandir», degan öy ham ötdi. Biroq hurmatli olimimizning el-yurt taqdiriga daxldor bölgan masala — milliy yozuv haqida gap ketayotgan paytda bunday yöl tutmasligini öylab, xayolim çuvalaşdi. Keyin esa, bahs-munozara olovi pasayib, köngillar xotirjam tortgaç, tözğigan xayollarimni yiğiştirib qöya qoldim. Ammo domlaning yaqinda internetda e'lon qilingan «Lotin yozuvi: yeçimdan keyingi muammolar»nomli maqolasini öqib, u kişi ilgari surgan ilmiy dalillar bilan tanişarkanman, nazarimda, ular omonat, zaif tuyuldi va yana xayolim parişon böldi.
Zuhriddin aka Isomiddinov maqolasining kiriş qismida öz milliy yozuviga ega bölgan hind, xitoy, arab, arman va boşqa yevropalik xalqlarga tole' kulib boqqanini aytib, alamli havasini bayon qiladi. Garçi muallif na «alam», na «havas» sözini işlatgan bölsa-da, ataylab taşlangan köp nuqtalarda bu hissiyot yaqqol sezilib turadi. Ha, bu his-tuyğu qaysi özbek ziyolisiga notaniş?! Biz kabi qattol imperiya tarkibida yaşagan bölsa-da, öz yozuvini yöqotmagan gurji, arman xalqlariga havas qilişimiz, ularga nisbatan ham hududiy, ham aholi soni jihatidan bir neça barobar oşiq bölsak-da, nega öz yozuvimiz yöq va borini ham nima uçun asray olmaganmiz, deb içimizni tirnaşimiz rost-ku. Maqolada ta'kidlanganidek, bir asr içida milliy yozuvimizni tört marta yangilaşimiz, özimizni ayab gapiradigan bölsak, uyatdan boşqa narsa emas. Eng qiziği, maqola muallifi şu haqda gapirib turib, milliy alifbomizni rasman beşinçi marta özgartirişga — kirill alifbosiga qaytişga çaqiradi va bu qarorni ilmiy asoslaşga harakat qiladi.
Garçi alifbo tanlaşda eng muhim faktor, domla aytganlariday, tarixiy emas, siyosiy emas, moddiy-moliyaviy emas, texnikaviy emas... ILMIY faktor ekanini e'tirof etsak-da, milliy alifbo masalasini heç qaçon ijtimoiy-siyosiy özandan taşqarida körib bölmasligini ham tan olişimiz kerak. Negaki, har qanday alifbo muayyan millatning dunyoqaraşi şakllanişida, borliq va özligini idrok etişida, jahon sahnasiga çiqişida tengsiz ahamiyatga ega ekan, ya'ni milliy yozuv xalqning yuzi hisoblanarkan, u siyosiy-ijtimoiy masala bölmasligi mumkin emas. Bölmasa, biz havas qilib turgan juda köplab xos alifboli xalqlar bugun ilmiy asoslarga tayanib, köhna yozuvlaridan voz keçişlari ham mumkin edi. Ularni bunday qilmaslikka undab turgan kuç, ehtimol, tarixiy, ijtimoiy-siyosiy mas'uliyat hissi bölsa ajab emas. Mayli, şunday bölsa-da, ehtiroslarga berilmay, siyosiy va boşqa omillarni rökaç qilmasdan, Zuhriddin aka ilgari surgan dalillarni tahlil qilamiz.
Birinçi fikr — köp asrlik madaniy merosimiz bitilgan arab yozuvining bugungi kunda tilimiz tabiatiga töğri kelmasligi haqidagi mulohazaga e'tirozimiz yöq. Nazarimizda, keng jamoatçilik ham bu yozuvga qaytişni sira öylayotgani yöq.
Ikkinçi fikr — lotin yozuvining tilimizga töğri kelmasligi haqidagi muşohadaga esa umuman qöşilib bölmaydi. Domla lotin yozuvining eng katta illati sifatida muayyan bir harfning har joyda har xil tovuşni anglatişini körsatadi. Bu, axir, yozuvning emas, har bir tilning talabidan kelib çiqadi-ku! Töğri, ingliz tilida «Tea» deb yozilsa, «Ti» deb öqiladi. Ammo, aytaylik, yer yuzida 500 milliondan ortiq kişi sözlaşadigan, roman tillari içida eng köp tarqalgan ispan tilida yozuv bilan talaffuz örtasida deyarli farq yöq. Har bir harfi öz örnida talaffuz etiladigan boşqa köpgina lotin alifboli tillar borligi — oddiy haqiqat. Zuhriddin aka ta'kidlagan O‘, G‘, Sh, Ch, ng harflariga doir noqulayliklarni esa hammamiz bilamiz — Işçi guruh tomonidan yeçim axtarilayotgan asosiy harflar ham şular, aslida (şu örinda yoşlarimizning aksariyati alifboni hozirgi holatida ham juda önğay va ma'qul deb hisoblaşini aytib ötiş lozim). Bu harflar qulaylaştirilsa, Ch harfiga asos böluvçi C belgisiga mos tovuş yuklansa, ayrim tovuşlarimiz alifboda aks etsa, e'tirozu şikoyatlarga örin qolmaydi. Ana şunda, domla aytgani kabi çöğ sözini yoziş uçun klaviaturani olti marta emas, uç marta bossak kifoya. Masalan: čǒǧ, ĉõĝ, ćóǵ, çöğ kabi. Şuningdek, maqolada misol keltirilgan Qöqon, boğça kabi sözlar ham öz-özidan körkam körinişga kelib qoladi. «Poytaxt» sözini inglizlar «Pöytekst» deb öqişini öylab, taşviş çekmasak ham böladi. Bugun qölida zamonaviy smartfoni bor sayyoh internetga kirib, özbek alifbosi haqida sörov bersa, qaysi harflar qanday tovuşlarni ifodalaşi haqida bir zumda ma'lumot olişi mumkin. Albatta, bu unga qiziq bölsa. Qolaversa, bunday holat boşqa tillarga ham begona emas. Masalan, sof rus tilida va kirill alifbosida yozilgan «Saxar» degan sözni ham inglizlar özlariça Seksep yoki Keksep deb öqişlari, talaffuz qilişlari mumkin. Çunki bu sözdagi barça belgilar har ikkala alifboda ham bor. Ammo bu hol kirill alifbosining nufuziga aslo ta'sir qilayotgani yöq. Albatta, umuman kamçiliksiz, öta mukammal alifbo tuziş — murakkab masala. Biroq tilning eng asosiy talablariga javob beradigan yozuvni yaratiş mumkin va bu borada lotin alifbosi ona tilimiz uçun bemalol javob beradi deb öylaymiz. Xususan, ona tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 28 yil tölişi arafasida — 2017 yilning 20 oktabr kuni Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi va Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bölib ötadigan «Özbek tilşunosligining dolzarb masalalari» (til, alifbo va imlo) mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy konferensiyasida bu muammolar yeçimida siljiş böladi deb umid qilamiz.
Endi hurmatli olimimizning yozuvlarni qiyoslab, tuzgan jadvaliga e'tibor qaratamiz. Töğri ta'kidlanganidek, lotin alifbosida heç qanday qöşimça belgisiz, «toza» 26 ta harf bor. Ularning özbek tili tovuşlarini aks ettiriş imkoniyati, jadvaldagi natija töğri bölsa, 72 foiz ekan. Kirill özbek alifbosida 35 ta harf bor va, u kişi uqtirganidek, bu harflarning oltitasi (Ye, Yo, Yu, Ya, Ts, ) ona tilimiz uçun keraksiz. «Qolgan 29 harf özbek tovuşlarining 81% i demak» deydi muallif. Şu yerda ozgina xatolik ketmadimikan?! Axir, alifbolarni qiyoslayotganda heç qanday belgisiz, özak harflar hisob-kitob qilinişi kerak emasmidi? Ya'ni, haqli ravişda U, K, G, X harflariga qöşimça belgi qöyiş orqali yasalgan O‘, Q, G‘, H harflarini ham sondan çiqarişimiz lozim emasmi? Axir, ilmiy yondaşuv şuni talab etadi-ku. Yöqsa, lotin alifbosida ham qöşimça belgili harflar istagança, hatto kirill alifbosiga nisbatan bir neça barobar köp topiladi. Bunga işonç hosil qiliş uçun turli alifbolarning asosiy va qöşimça harflari, belgilari, ifoda imkoniyatlari aks etgan Yunikod jadvaliga bir qur nazar taşlaş kifoya. Xullas, yuqoridagi tört yasama harfni ham ayirsak, özbek kirillitsasida 25 ta özak harf qoladi. Bu endi neça foizni taşkil qiladi, aniqlaş uçun qöşimça hisob-kitob qilişimizga töğri keladi.
Maqolada ança mukammal deyilgan qozoq va ozarboyjon kirill alifbolariga qaraydigan bölsak, turkiy tovuşlarni töla ifodalaşning imkoni bölmagani uçun ayrim harflar aynan lotin alifbosidan «qarz»ga olinganini köramiz. Jumladan, j, i, h harflari kirill harflari safida, xuddi begona uyga adaşib kirib qolgan musofirday, xijolatomuz turişibdi.
Endi IJTIMOIY jihatlarga e'tibor qaratamiz.
Birinçi jihat — 1940 yildan buyon kirill alifbosida nihoyatda köp kitob çop etildi, lotin yozuvida savod çiqargan avlod ulardan bahramand bölolmaydi, degan fikr ilgari suriladi maqolada. Holbuki, maqola söngiga borib muallif öz fikriga qarşi boradi. Ya'ni: «kiril yozuviga qaytiş ma'qul topilsa... lotin yozuvida savod çiqarayotgan bolalarga nima deymiz? Ular qiynalib qolişmasmikan? Yöq. Hozir örta maktabda lotin yozuvini örganayotgan köp farzandlarimiz kirill yozuvida ham ravon öqib, yoza oladi, çunki ikkinçi sinfdan boşlab rus tilini örganadi, rus adabiyotini öqiydi, qolaversa, deyarli barça kitoblar, gazetayu jurnallar şu yozuvda çiqib turibdi...» Töğri gap. Çorak asr mobaynida lotin yozuvida savod çiqargan avlod kirill yozuvidagi kitoblarni ham öqiyapti. Agar öşa kitob çindan zarur va foydali bölsa, bu boşqa alifboda yozilgan, öqimayman, deb yuz ögirayotgani yöq. Töğri, kirill yozuvi özlari örgangan lotin alifbosi qadar ularga qadrdon emas, lekin ma'naviyatni, tafakkurni boyitiş yölida ozgina noqulayçilikni pisand qilişayotgani yöq. Garçi noönğay bölsa ham aytay, özbek maktabida öqib, lotin yozuvida ta'lim olayotgan öz farzandlarim ham köp badiiy va ilmiy kitoblarni kirill yozuvida öqiydi. Demak, lotin yozuviga töliq ötsak, kirilldagi merosdan bebahra qolamiz, degan taşvişga örin yöq. Qolaversa, avval kirill alifbosida çop etilgan kitoblarning juda köpçiligi sönggi yillarda yangi alifbomizda qayta naşr etildi. Quvonarlisi, bu xazina borgan sari boyib boryapti. Xususan, Prezidentimizning 2017 yil 13 sentabrda e'lon qilingan kitob mahsulotlarini naşr etiş va tarqatiş tizimini rivojlantirişga qaratilgan qarorining alohida bandida: «lotin yozuviga asoslangan yangi özbek alifbosidagi ilmiy-texnik, adabiy-badiiy va ensiklopedik adabiyotlarni yanada köpaytiriş böyiça aniq çora-tadbirlar işlab çiqiş» böyiça qat'iy körsatma berilgan.
Ikkinçi jihat — kirill yozuvida bitirgan dastlabki avlodning yoşi saksonga borib qolgani aytilib, demak, butun xalqning savodi kirill xatida çiqqan, deb xulosa qilinadi. Iya, unda, 30 yoşgaça bölgan neça millionlab yoşlar BUTUN XALQ tarkibiga kirmas ekan-da!? Muallif fikrini davom ettirar ekan, lotin yozuvi iş yuritişga töliq joriy qilinsa, köp yoşi uluğ professor-ustozlar pensiyaga çiqadi, bundan millat qança yutadi-yu, qança yutqazadi, deb savol qöyadi. Avvalo, töğrisini aytiş kerak, lotin yozuvi mamlakatimizda ertagayoq joriy etilişiga va keksa avlodning köçada qolişiga Zuhriddin akaning özlari ham işonmasa kerak. Negaki, ayni paytdagi holatimizdan kelib çiqib muşohada yuritadigan bölsak, avvalo, yangi milliy yozuvimizdagi ayrim nuqsonlarni isloh qilib, uni tasdiqlatib olişimiz kerak. Keyin esa aniq reja asosida, bosqiçma-bosqiç, ammo köp çözmasdan ötiş loyihasi — yöl xaritasini işlab çiqişimiz lozim. Bu jarayonda har qanday mutaxassis, yoşidan qat'i nazar, lotinçani özlaştirib oladi, deb öylayman. Jiddu jahd qilinsa, tez öqiş könikmasi ham paydo böladi. Axir, bugun zamon bilan hamnafas yaşayotgan, ilğor dunyoqaraşli otaxonu onaxonlarimiz ham luğat titkilab ingliz va boşqa çet tillarni örganyapti. Buning oldida milliy alifboni özlaştiriş nima böpti!
Mabodo yangi alifbomizga juda tez ötib ketilgan taqdirda ham nihoyatda kerakli, öz işining ustasi bölgan, örnini boşqa heç kim bosolmaydigan mutaxassislarga istisno tarzida imtiyoz — yangi alifboni özlaştiriş uçun bir martalik muayyan muhlat beriş mumkin. Axir, ilmdagi eng murakkab masalalarga yeçim topib, qilni qirq yorayotgan mutaxassislarning 30 ta harfni yod olmasliklariga işonib bölmaydi. Holbuki, aslida bunga heç ham hojat yöq — bugun lotin yozuvini bilmaydigan yetuk mutaxassis tugul, oddiy odamni ham topib bölmasa kerak.
Şu örinda bir mulohaza: biz azal-azaldan özini emas, avvalo, farzandlarini, kelajak avlodni öylaydigan millatmiz. Öğil-qizlar manfaati turganda, özimizga qulaylik yaratiş fikri xayolimizga ham kelmaydi. Ayrim Ğarb davlatlaridan farqimiz ham şunda: özim qiynalsam — qiynalay, bolam qiynalmasin, deymiz. Bugun ayrim yoşi kattalarning lotin alifbosini öqişga qiynalaman, kirill alifbosiga ötsak yaxşi bölardi, degan mulohazalarini eşitganimda, nahotki ular öğil-qizlariyu nabiralarining qonuniy, mantiqiy xohiş-irodasini nazar-pisand qilmasa, qon-qonimizga singib ketgan ming yillik fazilatimiz nahotki şu yerda kelganda oqsasa, deb hayron qolaman. Aççiq haqiqat şu: biz — qirq yoşdan ötgan avlod özimizning şaxsiy manfaatimizni millat manfaatidan, kelajak avlod iqbolidan ustun qöyişga haqqimiz yöq. Alifbo almaştiraveriş tufayli çekkan ma'naviy iztiroblarimizni, oğriqlarimizni bolalarimizga ravo körmasligimiz kerak. Lotin alifbosini öqişga qiynalamiz, deyişimiz esa bolalarça (yoki keksalarça) injiqliqdan boşqa narsa emas.
Ha, butun xalqimizning katta qismini aynan yoşlar taşkil qiladi. Lotin yozuvi asosidagi özbek alifbosi 1993 yildan buyon amalda ekanini inobatga olsak, bugungi kunda bu alifboda ta'lim olgan avlodning old qatori 30 ni urib qöydi. Şunday, adaşayotganimiz yöq, Yangi alifbo joriy etilgandan buyon ötgan yillarga öşanda birinçi sinfga borgan bolalarning yoşini qöşing — 30 dan kam çiqmaydi. Öttizdan oşayotgan insonga endi yoş boladay qarab bölmaydi. U bu yoşda oila qurgan, kasb egallagan, hayotda öz örnini topgan va kelajagini ham özi belgilaydigan darajada böladi. Yurtimiz aholisining 30 yoşgaça bölgan qismi neça million kişini taşkil etadi — aniq raqam keltirolmasak-da, harholda, tarozining pallasini bossa kerak, deb öylaymiz. Qolaversa, ularning ğayrat-şijoatga tölib, şu yurtning egasi menman, deya olğa intilişi posangiga qöşimça zalvor yuklaydi va ularga xayrixoh bölişimizni taqozo qiladi.
Uçinçi jihat — «tekis asfalt yölda öqday uçib borayotgan maşina töxtasa-yu, dala tomon burilib, şudgordan yangi yöl oçib yura boşlasa, boyagi şiddatdan nom-nişon qoladimi?» Juda örinli öxşatiş! Lekin buni faqat katta avlodga emas, köproq yoş avlodga nisbatan işlatsak, töğriroq bölardi. Negaki, bugun yoş avlod aynan şu taşbehda keltirilganidek, tekis, ravon asfalt yölda şitob bilan ketayotgan uçqur maşinaga öxşaydi. Ular mustaqil davlatda tuğilib, yangi alifboda ta'lim olib, ulkan orzu-niyatlar bilan jamiyatimizga kirib kelişmoqda. Ular milliy yozuvimizni bizga öxşab LOTIN YoZUVI demaydi — faxr bilan ÖZBeK YoZUVI deydi! Sizu biz kirillça matnda qanday erkin suzsak, ular lotin yozuvida ana şunday miriqib, yayrab, quloç otib suzadi. Agar, xudo körsatmasin, kirill yozuviga qaytiladigan bölsa, Zuhriddin aka ta'kidlaganiday, ularning yorqin kelajakni közlab şiddat bilan ketayotgan maşinalari bexosdan dala tomon burilib, şudgorzorga botib qolişi aniq! Sababi, bir neça oy oldin lotin-kirill mojarosi internetda, matbuotu televideniyeda avj olgan lahzalarda köplab yoşlarning könglini çuqur xavotir çulğab olganini, nahotki bizni öz yozuvimizdan ayirişsa, deb çor tarafdan madad izlab qolganlarini kördik. Eng yomoni, ular oldilariga qöygan katta maqsadu loyihalardan ham çalğib, jonsarak bölib qolişdi. Yaxşiyamki, köplab jonkuyar ziyolilar örtaga tuşib, milliy alifboni, uning timsolida kelajakni himoya qilib, yoşlarga dalda berişdi. Ayniqsa, Özbekiston xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatov va Özbekiston Oliy Majlisi senati a'zosi, xalq şoiri Iqbol Mirzo öz çiqişlarida kirillga qaytilmasligini, faqat milliy alifbomizdagi ayrim jihatlarni takomillaştirişga ehtiyoj borligini aytişgaç, yoşlarimiz, keng jamoatçilik yengil nafas olib, xotirjam tortdi. Ha, bugun yoşlarga davlatimiz tomonidan ulkan e'tibor berilayotgan bir pallada ularning şaştini zarraça ham pasaytirmasligimiz kerak.
Törtinçi jihat — bugun idoralarda özbekça emas, rusça iş yuritilayotganiga lotin yozuvi aybdor sifatida körsatilgan. Beçora milliy yozuv! Şunça malomatlar ustiga endi şu ayb ham uning çekiga tuşyapti. Xuddi kirill yozuviga qaytilsa, birdan hamma idora özbekça iş yuritib ketadiganday. Qaytanga, bu bemalol rusça iş yuritişga yöl oçmaydimi?! Hozir-ku, lotin yozuvi tufayli juda köp rasmiy blankalar, idora peştoqidagi lavhalar va boşqa yozuvlar özbek tilida yozilyapti. Lotin yozuvidan voz keçilsa, öşalar ham rusçaga aylanmasligiga kim kafolat beradi?! Hozir milliy yozuvning yoş avlod qiyofasida millionlab tarafdorlari bor, ular ulğayib, kuçaygan sari, şak-şabhasiz, milliy alifbo va tilni qat'iy himoya qilişga ötadi.
«Avval ona tilimizning maqomini örniga qöyib, nomiga emas, çin davlat tili qilib olaylik, u yoğiga xudo poşşo». Bu fikr xuddi ostona hatlamasdan turib, törga ötib olaylik, deganday gap-ku. Axir, ona tilimizning maqomini örniga qöyiş uçun, avvalo, milliy alifbomizni töla-tökis joriy qilişimiz kerak emasmi?!
Beşinçi jihat — Özbekistonda lotin alifbosiga ötilsa, bu yozuvga köçişi belgilanmagan boşqa tillar yozuvi qanday böladi, degan mulohaza. Hammamiz yaxşi bilamiz: Özbekistonda lotin yozuvi faqat özbek tili uçun joriy qilinyapti. Rusça yoki boşqa yozuvdagi sözlarni heç kim lotin alifbosi asosidagi özbek yozuvida yozişga majbur qilayotgani yöq. Har bir til öz yozuvi orqali örganiladi, yoziladi. Bu qonunan kafolatlangan. Agar kimdir imij yoki reklama tariqasida lotinça yozişni xohlasa — nima ham derdik. Ammo şu yerda bir mulohaza: köça-köydagi yozuvlarning töğriligini, mantiqqa mosligini tekşiradigan, nazorat qiladigan, tavsiya beradigan kengaşmi, markazmi bölişi şart. Toki uning tavsiyasi, hukmi qonuniy, yuridik kuçga ega bölsin! Ana şunda, maqolada örinli ta'kidlanganidek, «U tryox druzey»ga öxşaş, hatto bundan-da tumtaroq bitiklarga duç kelmaymiz.
Oltinçi jihat — lotin yozuviga ötişga şunça vaqt berildi, ammo öquv dargohlaridan boşqa heç qayerda bu yozuvda iş körilayotgani yöq, şu bois yangi özbek alifbosiga rostakam ötiladigan bölsa, real savodxonlik 15-20 foizga tuşib qoladi, degan xavotir. Avvalo, savodxonlik darajasi böyiça xulosa çiqarişimizdan oldin, 7 yoşdan 30 yoşgaça bölgan yoşlarimiz aholining neça foizini taşkil qiladi, degan savolga aniq javob topişimiz kerak. Qolaversa, 30 yoşdan to pensiya yoşigaça bölgan hamyurtlarimizni ham lotin yozuvini bilmaydi, deyiş juda katta xato. Masalan, bizning avloddoşlar, ya'ni qirq yoş atrofidagi kişilar ham lotin yozuvida bemalol öqib, yoza olamiz. Bunday gapni yana ellik yoş atrofidagilar, hatto Zuhriddin akaning tengdoşlari orasida ham tasdiqlovçilar köp. Hamma gap ixlosda: agar çindan ham töla-tökis lotin yozuviga ötişni istasak, erinçoqligu hafsalasizlik qilmasak, yoşimizdan qat'i nazar, qisqa muddatda qöllarimiz, közlarimiz yangi alifbomizga könikadi. Çunki bugun iş yuritiş jarayonida töla foydalanmayotgan bölsak-da, yangi alifbomiz hayotimizga tobora çuqurroq kirib boryapti. Bugun işga kirayotgan yigit-qizlarning arizani özbek lotin alifbosida yozişi tabiiy holga aylanyapti. Va yaqinda taniqli şoirimizni sönggi yölga kuzatiş jarayonida beixtiyor qabristondagi bitiktoşlarga e'tibor qildim: ulardagi yozuvlarning köpçiligi yangi alifbomizda bitilgan ekan...
Yettinçi jihat — lotin yozuviga töla ötsak, yurtimizga çegaradoş davlatlarda yaşab kelayotgan tört millionga yaqin özbeklar ne qiladi, axir, ular yetti yot begona emas, jon jigarlarimiz-ku, degan qondoşlarça taşviş bilan aytilgan fikr. Avvalo, bu jonkuyarlikni faqat olqişlaşimiz kerak. Biz çindan ham nafaqat Özbekistondagi, balki butun yer yuzidagi özbeklarning ma'naviyati haqida qayğurişimiz lozim. Çunki, şoir yozganidek: Özbek köp butun yer yuzida, ammo // Olamda boşqa heç Özbekiston yöq! Lekin bu jarayonda nigohimiz çegara hatlab töxtab qolmasligi, butun yer yuzini qamrab olişi şart. Garçi muallif «MDH doirasidagi köp mamlakatlarda özbeklar kirillçada öqitilyapti va undan voz keçiş xayollariga ham kelmayapti», desa-da, Ozarboyjon va Turkmaniston lotin yozuviga allaqaçon töliq va rasman ötib ketgani barçaga ma'lum. Eng katta qöşnimiz Qozoğiston ham 2017 yilning oxirigaça qozoq lotin yozuvini rasman işlab çiqib, 2025 yildan e'tiboran uzil-kesil yangi alifboga ötişini e'lon qildi. Ayni paytda qozoğistonlik rasmiylar, ziyolilar, keng jamoatçilik vakillari mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan yangi alifbo loyihasini qizğin muhokama qilyaptilar. Hozirça kirill alifbosida qolayotgan Qirğizistondagi siyosatçilaru ziyolilar orasida ham, boşqa turkiy xalqlar izidan biz ham lotin alifbosiga ötişimiz kerak, degan çaqiriqlar borgan sari kuçliroq eşitilmoqda. Töğri, ular hozirça iqtisodiy şaroit tufayli lotin alifbosiga ötişimiz qiyin keçadi, lekin 2030 yilga borib ötsak böladi, degan fikrlarni aytişmoqda. Hatto, mustaqil davlat bölmasa-da, Tatariston Respublikasida ham tatar tilining buguni va kelajagini öylab, lotin yozuviga ötiş böyiça sönggi yillarda köp sa'y-harakatlar böldi va garçi bunga töla erişilmagan bölsa ham, 2012 yilning oxiridan e'tiboran fuqarolarga rasmiy murojaatlarini lotin alifbosi asosidagi tatar yozuvida yoziş huquqi berildi.
Albatta, Zuhriddin akaning Qirğiziston, umuman, yaqin çegara ortidagi millatdoşlarimizga qayğurişini töğri tuşunsak böladi, lekin biz lotin alifbosiga töla ötib ketsak, ular bizdan ajralib qoladi, degan fikr töğrimas, nazarimizda. Çunki qöşni mamlakatlarda yaşayotgan millatdoşlarimiz ham, boşqa millat vakillari ham bugun lotin yozuvining asosini taşkil etuvçi 26 ta harfni yaxşi taniydi. Qöşimça tört-beşta harfni özlaştiriş astoydil xohlagan kişiga heç qanday muammo tuğdirmaydi. Va yana bir narsa aniq: agar biz lotin yozuviga ötişni paysalga solmasdan, aniq reja asosida jarayonni tezroq yakunlasak, qöşni mamlakatlarda yaşayotgan millatdoşlarimiz ham ora yölda sarson bölmasdan, yagona özbek yozuvi atrofida birlaşadi. Qolaversa, xorijdagi özbeklar deganda, faqat yon atrofimizdagi qondoşlarimizni emas, arab dunyosi va Yevropa, AQŞda yaşayotgan millatdoşlarimizni ham unutmasligimiz kerak. Yon-atrofimizdagi özbeklarning aksariyati ham lotin, ham kirill yozuvini biladi, ammo olis mamlakatlarda yaşovçi millatdoşlarimizning köpçiligi kirill yozuvini bilmaydi — lotin yozuvi ularni Vatanga boğlab turgan hayotbaxş rişta hisoblanadi. Xorijda yaşovçi millatdoşlarimizning kirillga qaytmaslikni sörab, davlatimiz rahbariga yozgan maktubini öqigan kişi bunga yana bir karra işonç hosil qiladi. Qolaversa, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev yaqinda AQŞga qilgan safari mobaynida öşa yerda yaşayotgan özbeklar bilan uçraşarkan, olis qit'alarda ham qondoşlarimiz köpligini va ular bilan mustahkam xalqa qurişda lotin alifbosi qançalik katta imkoniyatga ega ekanini yanada çuqurroq his qildik.
Yana bir jihat — alifbolarning texnik-dasturiy qulayligi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya moslamalariga mutanosibligi. Bu haqda juda köp mulohazalar bayon qilingani va bu borada qaysi alifbo ustun ekani barçaga ma'lum bölgani bois ortiqça izoh berib ötirmaymiz.
Navbatdagi jihat — masalaning iqtisodiy tomoni. Men ham Zuhriddin aka kabi moliyaçi emasman. Şu bois çorak asr mobaynida mamlakatni lotin yozuviga ötkaziş jarayonida qança mablağ sarflanganini va agar kirillga qaytilsa, havoga uçgan şunça mablağni nima deb oqlaş mumkinligini bilmayman. Va yana bolalarimiz lotin yozuvida öqiyotgan kitoblaru dasturlarni, öquv dargohlaridagi körgazmali qurollarni, idorayu köçalardagi turli bannerlarni va boşqa köplab ma'lumotlarni kirillçaga ötkaziş qança mablağ talab qiladi — aytolmayman. Harholda, bilganim şuki, oldinga yuriş uçun qança mablağ sarf qilinsa ham, özini oqlaydi, ortga yuriş uçun xarjlangan har qanday çaqa uvol hisoblanadi.
Va yana bir xato xulosa — lotin yozuvimizda qöşaloq harflar mavjud bölgani bois kirill yozuvidagi ön sahifalik matn ön bir sahifaga aylanadi, bu esa har ön tonna qoğoz sarfiga yana bir tonna qöşiladi, degan fikr. Tajriba uçun istagan kişi bir xil matnni, bir xil şrift va kattalikda har ikki imloda yozib körsin: hatto hozirgi qöşoq harflarga ega alifbomizda yozilgan matn ham kirill alifbosida yozilgan «egizak»iga nisbatan bir munça kam joy egallaydi. Jumladan, uşbu fikr bayon etilayotgan abzats kirill alifbosida sakkiz yarim qator bölsa, joriy özbek lotin alifbosida sakkiz misra ham çiqmaydi. Mabodo qöş belgili harflarni isloh qiladigan bölsak, matn yanada ixçamlaşadi va qoğoz xarajati jiddiy kamayadi.
Tajriba uçun Word dasturida, A4 formatda, 1,0 intervalda, 14 pt kattalikdagi Times New Roman şriftida yozilgan kirill alifbosidagi 77 sahifalik matn xuddi şu ölçovlar asosida özbek-lotin alifbosiga ögirilganda 72 sahifani egalladi. Beş bet qoğoz tejalişi ma'lum böldi.
Va nihoyat, maqolada huquqiy jihatga e'tibor qaratilib, lotin yozuviga ötiş umumxalq referendumida körib çiqilmagan, deyiladi. Töğri. Lekin Oliy Kengaş deputatlari xalq vakillari emasmi? Tilşunos olimlar, ziyolilar, mutaxassislar tomonidan işlab çiqilgan alifboni xalq bergan vakolat doirasida körib çiqib, tasdiqlaşlari qonuniy jarayon hisoblanmaydimi? Qolaversa, bu hujjatga xalq tomonidan saylangan Prezident imzo çekkan! Bugun bizdan çorak asr keyin lotin alifbosiga ötayotgan qardoş Qozoğistonda ham referendum ötkazilayotgani yöq. Ammo bu hol ularni noqonuniy yöl tutyapti, deyişimizga asos bölolmaydi.
Eng muhim masala şundaki, bugun mamlakatimizda ulkan yangilaniş jarayoni ketyapti. Oldimizda nihoyatda ulkan vazifalar, marralar turibdi. Bunday pallada butun xalqimizning – yoşu qarining birligi, jipsligi har qaçongidan ham muhimroq. Şu bois millatni qarama-qarşi qutblarga böladigan har qanday taşabbuslardan ehtiyot bölişimiz darkor. Xususan, kirill alifbosiga qaytiş haqida gapni qözğaş – yoş avlod qalbida sarosima, ğulğula uyğotib, ularni katta avlodga zid pozitsiya egallaşga majbur qiladi. Bu esa bizning tarix oldidagi, kelajak oldidagi eng katta xatomiz böladi. Zuhriddin aka maqolasi xulosasida «Albatta, farzandlarimiz oldida uzrxohmiz. Ammo öğil-qizlarimiz buning uçun bizdan ginalab yurmaslar», deya hazrat Navoiyning:
Otadan kelsa xato, bilma xato,
Savob bil daği xato qilsa ato, –
degan misralarini qalqon sifatida keltiradi. Töğri, farzandlarimiz bizning – otalarining xatosini ham savob bilib boşiga kötarişi mumkin, ammo biz oqil ota bölsak, ularni ataylab notöğri yölga boşlamasligimiz, önğaysiz holatga tuşirmasligimiz kerak. Şu örinda uluğ yozuvçimiz Abdulla Qodiriyning «Ötgan kunlar» romanidagi yoşu qari yoddan biladigan lavha esga tuşadi. Farzandi taqdirini uning ra'yiga qaramasdan hal qilib qöygan Yusufbek hoji öğliga yuzlanadi:
« – Öğlim, hali san eşitdingmi-yöqmi, haytovur, biz saning ustingdan bir iş qilib qöydiq…
Otabek, ma'lumki, ularning «qilib qöygan yoki qilmoqçi bölğan işlarini» albatta bilar edi. Şundoq ham bölsa bilmaganga solindi:
– Aqllik kişilarning öğullari ustidan qilğan işlari albatta noma'qul bölmas, – dedi. Hoji öğlining bu javobidan yerga qaradi va nima deb davom qilişni bilmay qoldi».
Ha, bugun farzandlarimiz bizni tuşunadi, deb, amaldagi yozuvni kirill yozuviga ögartirişni orzu qilayotgan otalarga yoşlarning javobi aniq. Bu javobni eşitib, Yusufbek hoji kabi mulzam tortib, boşimizni egişdan boşqa çoramiz qolmaydi. Çunki ular zohiran taqdirga tan bersalar-da, köngillarida heç qaçon qarorimizni qabul qilişmaydi. Ehtimol, şöro davridagi xatolarimizni tuşunib, bizni malomat qilmasliklari mumkin, ammo ozod davlatda yaşab turib, öz ğoyamizga ega bölaturib yigirma beş yil davomida amal qilgan milliy alifbomizdan öz ixtiyorimiz bilan voz keçişimizni heç qaçon tuşunmaydi, hazm qila olmaydi. Şu bois bu gina farzandlar köksida ildiz otib, pinhoniy norozilikka aylanadi. Va kelajak avlod oldidagi mas'uliyatni anglab, köp emas, oradan ön beş, yigirma yil ötib, ular hal qiluvçi kuçga aylangaç, ötgan kunlardagi xatoni töğrilaş maqsadida dunyo ahli oldida xijolat teriga botganlariça oltinçi marta alifboni özgartirişga, özlariga qadrdon bölib qolgan, köz oçib körgan, ongu şuuriga, qalbiga ma'rifat ziyosini olib kirgan va insoniyatning asosiy qismiga tuşunarli bölgan alifboga qaytişga jazm qilişadi. Ana şunda, Zuhriddin aka Isomiddinov aytganlaridek, biz alifbosini eng köp özgartirgan xalq sifatida çindan ham Ginnesning rekordlar kitobiga kirsak, ajabmas. Nazarimda, bunday rekord bizga heçam kerakmas.
Zuhriddin akaning maqolasi söngida kirill yozuvida ham takomillaştirilişi lozim bölgan örinlar, ortiqça harflar, özbek tovuşlarini aks ettirişdagi kamçiliklar borligi aytilgan. Ammo, qiziği, bu hol «köp ham muşkul iş emas» deb baholangan. Bizningça, ana şu köp ham muşkul bölmagan işga ketadigan kuç-quvvatimizni amaldagi yangi alifbomizni takomillaştirişga sarflaganimiz maqsadga muvofiq, deb öylaymiz…
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi