AQŞ mudofaa vaziri Jyeyms Mettis amerikalik harbiylar Şimoliy Koreya bilan boğliq vaziyatni hal qilişning harbiy variantlariga tayyor turişlari kerakligini aytdi. Bu haqda 9 oktabrda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
"AQŞ armiyasi qila oladigan yagona iş – bizning prezident zarurat bölganda qöllay oladigan harbiy variantlarga tayyor turişdir", deb aytgan Mettis AQŞ armiyasining har yil ötkaziladigan an'anaviy anjumanida.
U Vaşington va BMT Şimoliy Koreyaning yadro va raketa dasturi atrofidagi vaziyatni hal qiliş uçun diplomatik sa'y-harakatlarni amalga oşirişni davom ettirayotganini eslatib ötdi.
9 oktabrda avvalroq AQŞning razvedkaçi samolyoti Şimoliy va Janubiy Koreya örtasidagi harbiy-demarkatsion liniya böylab parvoz amalga oşirgani ma'lum bölgandi.












