Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 10 oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisida iştirok etiş uçun Rossiya Federatsiyasining Soçi şahriga jönab ketdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Majlisda MDHga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlari köp qirrali hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qilişi, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi masalalar yuzasidan fikr almaşişi, 2018 yilda Hamdöstlikka raislik qiladigan davlat masalasini körib çiqişi kutilmoqda.
Sammit yakunida MDHga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Oila instituti va an'anaviy oilaviy qadriyatlarni qöllab-quvvatlaş böyiça bayonoti, 2019 yilni Kitob yili, 2020 yilni 1941-1945 yillardagi uluğ Vatan uruşida qozonilgan ğalabaning 75 yilligi yili, deb e'lon qiliş haqida qaror, şuningdek, Hamdöstlik mamlakatlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan boşqa hujjatlar qabul qilinişi rejalaştirilgan.
Prezidentimiz Soçi şahrida ikki tomonlama qator uçraşuvlar ham ötkazişi közda tutilgan.













