Özbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elçisi Alişer A'zamxöjayev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanga işonç yorliqlarini topşirdi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Turkiya prezidenti bölib ötgan suhbat çoğida Özbekiston Turkiyaning Markaziy Osiyo va jahondagi muhim hamkori ekanligini ta'kidlab, barça özaro manfaatli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib çiqişga tayyor ekanligini bildirdi.

Şuningdek, 2016 yilning noyabr oyida Samarqand şahrida bölib ötgan muzokaralardan söng kuzatilgan Özbekiston—Turkiya munosabatlaridagi ijobiy dinamika alohida qayd etilgan. Pekin, Ostona va Nyu-York şaharlaridagi ikki davlat rahbarlarining bölib ötgan uçraşuvlari özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş uçun mavjud ulkan imkoniyatlarni amalga oşirişga imkon berdi, deyiladi TIV xabarida.

Turkiya davlati rahbari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning mamlakatga bölajak taşrifi muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlar ekan, uşbu taşrif Özbekiston—Turkiya siyosiy muloqotini yanada rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnikaviy va boşqa sohalarda hamkorlikni kengaytirişga yangi turtki berişini qayd etib ötgan.