Rossiyaning NTV telekanalida yakşanba kuni “Ikkilamçi standartlar. Bu yer sizga u yer emas” körsatuvining navbatdagi soni efirga uzatildi. Dasturni suratga oliş işlari Özbekiston va Hindistonda bölib ötdi.
Körsatuv boşlovçilari hordiq çiqarişning ikkilamçi standartlarini özlarida sinab körişdi. Şuningdek, ular Özbekiston va Hindistonni oddiy sayyoh nigohi bilan taqqoslaşgan.
Boşlovçilardan biri Toşkent, Marğilon, Buxoro hamda Samarqand şaharlariga bordi, Örta Osiyodagi eng katta va eng qadimiy bozor – Çorsuni közdan keçirdi. Şuningdek, u maşhur “Özbekfilm” haqida sözlab berib, taniqli rejissyor Şuhrat Abbosov bilan uçraşdi. Bundan taşqari, boşlovçi Marğilondagi “Atlas bayrami”ga taşrif buyurdi. Özbek palovining tayyorlaniş sirlari bilan ham qiziqqan.
Ikkinçi teleboşlovçi esa Hindistonga borib, u yerdagi taomlarning aççiqligidan şikoyat qilgan. Toj Mahal va Göri Amir maqbaralari örtasidagi farq örganildi, maşhur Raj Kapurning studiyasiga ham taşrif buyurilgan.












