Moskvaning Meşçansk sudi 6 oktabr kuni Vladimir oblastidagi Pokrov stansiyasi yaqinida poyezd bilan töqnaşib ketib, 17 kişining ölimiga sababçi bölgan avtobus haydovçisi Nurgali Sarmanovni qamoqqa olgan. Bu haqda sudning matbuot xizmatiga asoslanib, TASS xabar bermoqda.
«Moskvaning Meşçansk sudi tergovçining Sarmanovni qamoqqa oliş haqidagi talabini qoniqtirdi», degan agentlikning sudda işlovçi suhbatdoşi.
Sud qaroriga köra, Sarmanov 6 dekabrgaça mahbus maqomida böladi.
Uning sudda körsatma berişiça, yölovçilar poyezd bilan töqnaşgunga qadar qöllari bilan temir yöl ustida öçib qolgan avtobusni itarib, joyidan siljitmoqçi bölişgan.
Sarmanovning körsatmalariga köra, şlagbaum yopilgaç, haydovçilar yulovçilarni avtobusni tark etişga çaqira boşlaşgan, biroq erta tongda ularning köpçiligi uyquda bölgan. «Biz hamma avtobusdan çiqib ketişi uçun baqir-çaqir qildik, lekin odamlar uxlayotgandi», — degan Sarmanov.
Haydovçi avtobus yölga çiqişdan avval soz bölganini ta'kidlab ötgan.












