9 oktabr kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Mirobod tumani sudida P. Borovskiy nomli tibbiyot kollejining talabasi Jasurbek Ibrohimov işi böyiça 6-kungi sud majlisi bölib ötdi. 

Unda Soğliqni saqlaş vazirligi boş sud-tibbiy ekspertizasi mutaxassisi Farhod Loçinov, sudlanuvçi Islombek Tölaganovning otasi Abdujalil Rasulov, kollej bitiruvçisi Timur Töxtayev (öşa vaqtda 3-kurs talabasi) hamda Dilşod Abdullayev (u ham öşa vaqtda 3-kurs talabasi) körsatmalari tinglandi.

Sud majlisiga raislik qiluvçi Matçonov, davlat ayblovçisi Akromov, advokatlar Ibrohimov, Tohirov, Ismoilovalar guvohlardan özlarini qiziqtirgan savollarga javob olişga harakat qilişdi. 

6-kungi eşituvlarda ham avvalgi majlislarda bölgani kabi ayrim guvohlar voqeaning ayrim jihatlarini yoddan kötarişganini, bir masalani aniq-tiniq bilsa-da, ikkinçisini umuman eslay olmayotganliklarini da'vo qilişdi. Bu jihatlar sudya hamda prokuror sörovi bilan sud bayonnomasida qayd etildi.

Islombek Tölaganovning otasi Abdujalil Rasulov

Xususan, Dilşod Abdullayev tergov vaqtida bergan ayrim körsatmalarini, garçi öz qöli bilan imzo qöyganini e'tirof etgan bölsa ham, inkor etdi. 

Eslatib ötamiz, P.Borovskiy tibbiyot kollejining 2-kurs talabasi Jasurbek Ibrohimov olingan tan jarohatidan söng amalga oşirilgan jarrohlik amaliyotlaridan söng 2017 yil 1 iyun kuni vafot etgan edi. Şundan keyin Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi Özbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi alomatlari bilan jinoiy iş qözğagan, keyinçalik tergov amaliyotini şahar prokuraturasi ötkazgan edi. 

Navbatdagi sud majlisi 12 oktabr kuni soat 11-00 da davom etadi.