JCh-2018 saralash bosqichining Yevropa mintaqasida so‘nggi 10-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar boshlandi. Kunning muhim uchrashuvidan biri Ukraina va Xorvatiya terma jamoalar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli kechgan bahs xorvatlarning 0:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu natija Xorvatiyaga pley-off bahslarida kurashni davom ettirish imkonini berdi. 

Yana bir muhim uchrashuvda Uels terma jamoasi o‘z maydonida Irlandiyani qabul qilib, 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Natijada mezbonlar jahon chempionatidan chetda qolib ketishdi. 

Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi: 

Yevropa, 10-tur

D guruhi

Serbiya – Gruziya 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 74 Priyovich.

Serbiya – Stoykovich, Maksimovich, Toshich, Kolarov, Ivanovich, Tadich (Kostich, 89), Gudel, Lyayich (Priyovich, 61), Matich, Rukavina, Mitrovich (Milivoyevich, 77).

Gruziya – Makaridze, Kashiya, Navalovskiy, Kakabadze, Xocholava, Gviliya, Kankava, Aburdjaniya (Dvalishvili, 82), Kazaishvili, Djigauri (Xufnagel, 86), Kvilitaya (Merebashvili, 78).

Ogohlantirishlar: Kvilitaya (19), Matich (43), Maksimovich (70), Priyovich (75), Gviliya (86).

 

Moldova – Avstriya 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 69 Shaub.

Moldova – Chebanu, Bordiyan, Yepuryanu, Boloxan (Payreli, 86), Rozgonyuk, Anton, Ionitse, Kochuk, Ivanov (Kojokar, 69), Pletike (Ambros, 79), Gynsar.

Avstriya – Lindner, Veber, Bauer, Danzo, Linxart, Kaynts (Lazaro, 59), Grillich, Shaub, Baumgartlinger, Arnautovich (Shobesberger, 81), Burgshtaller (Yanko, 46).

Ogohlantirishlar: Ionitse (18), Kochuk (37), Ivanov (65), Gynsar (76), Baumgartlinger (90).

Chetlatish: Ionitse (55).

 

Uels – Irlandiya 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 57 Makkleyn.

Uels – Xennessi, Chester, Devis, Ganter, Uilyams, Remzi, King (Vudbern, 65), Lourens, Ledli, Robson-Kanu (Vouks, 71), Allen (Uilyams, 37).