Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholisi Sirdaryo viloyatidan ham kam bo‘lgan davlat JChga yo‘llanma oldi
Foto: Reuters
Islandiya futbol bo‘yicha jahon chempionati final bosqichiga chiqa olgan barcha davlatlar ichida aholisi eng kam bo‘lgan davlat bo‘ldi, deb xabar bermoqda RT telekanali.
Orol davlatning aholisi 330 ming kishini tashkil qiladi. Bu boradagi avvalgi rekord natija 1,3 mln kishilik aholiga ega Trinidad va Tobagoga tegishli edi.
Islandiya I guruhida Xorvatiya, Ukraina va Turkiyani ortda qoldirib, 1-o‘rinni egallay oldi.
Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, Islandiya aholisi O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatidan ham kamdir. Ushbu viloyatda, 2015 yil ma'lumotlariga ko‘ra, 777 100 kishi istiqomat qiladi.

Mavzuga oid
21:50 / 21.10.2025
Islandiyada birinchi marta qon so‘ruvchi chivinlar topildi
21:25 / 03.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
00:13 / 02.04.2025
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda
16:23 / 07.02.2025