2003 yilning iyul oyida u yoki bu jihatidan butun odamzodni qiziqtirgan boylik va futbol katta şov-şuv bilan bir nuqtada kesişdi hamda bu voqea Angliya va Rossiyada hamma joydan ham köra köproq aks-sado berdi.
Rossiyalik milliarder Roman Abramoviç Londonning «Çelsi» klubi aksiyalarining nazorat paketini sotib oldi.
Ommaviy axborot vositalari bu haqda şunçalik köp yoritişdiki, Abramoviçning özi ham intervyularining birida bu xarid bunçalik vahimaga sabab bölişini kutmaganligini e'tirof etdi. Rossiyaliklar iqtisodi endi-endi tiklanayotgan öz davlatlaridan şunça pul olib çiqib ketilişidan, angliyaliklar kelib çiqişi ham, topayotgan pullarining manbasi ham öz şaxsiyati singari mavhum bu milliarderning Tumanli Albion ramzlaridan biriga egalik qilişidan norozi ohangda bong urişardi. Oradan yillar ötdi. «Çelsi» Abramoviç orzu qilganidek dunyoning eng yetakçi jamoalaridan biriga aylandi. Zero 2003 yildayoq tuzilgan rivojlaniş dasturiga köra, 2010-2011 yilga kelib «Çelsi» eng qimmatbaho klubga aylanişi közda tutilgandi. Lekin hali-hanuz köpçilikni bir savol qiynaydi. Abramoviçga «Çelsi» dan nima foyda?!
Dastlab, Abramoviç ayni şu xarid uçun maxsus taşkil etgan «Chelsea Limited» firmasi «Çelsi»ga egalik qiluvçi «Chelsea Village» kompaniyasidan klubning 50,09 foiz aksiyasini nominal qiymati 1 pens bölgan har bir aksiya uçun 35 pensdan pul tölab sotib oldi. Öşa paytlarda «Çelsi» boy tarixga ega, turnir jadvalida yuqori örinlarda bölsada, qarz botqoğiga botayotgan, iqtisodi ançagina noçor klubga aylanib qolgan edi. Abramoviç «Çelsi» uçun 140 mln. funt sterling sarflaş bilan birga uning 90 million miqdordagi qarzlarini tölaşni ham öz zimmasiga oldi. Bu xarid orqali Roman Abramoviç Angliya futbol klubini töliq sotib olgan birinçi çet ellik böldi. Şu oyning özidayoq «Çelsi» Rimdagi «Flaminio» stadionida «Latsio»ga qarşi örtoqlik uçraşuvida, Abramoviç va oilasi köz öngida 0:2 hisobida yutqazdi. 25 sentabrga borib Abramoviç aksiyalarining miqdori 97,01 foizga yetdi va milliarder Angliyaning eng yaxşi futbol menejyeri hisoblanadigan Piter Kenonni «MYu»dan avrab olib keldi. 2004 yilning yanvaridayoq Abramoviç «Çelsi»ning 100 foizlik xöjayiniga aylandi hamda bor kuç va pullarini klubni rivojlantiriş uçun sarflay boşladi.
Birinçi navbatda u italiyalik murabbiy Klaudio Ranerini şartnomasi muddati tugamasdanoq işdan böşatdi va Angliya futboli uçun rekord summa - 6 million funt tovon töladi. 2 iyunda klubga haftasiga 100 ming funt maoş evaziga Çempionlar Ligasi ğolibi Joze Mourino boş murabbiy etib tayinlandi. Abramoviç «Portu» bilan şartnomani muddatidan avval buzgan murabbiy uçun 1,7 million funt tölab berdi. Şunday qilib murabbiy operatsiyasining öziyoq milliarder hamyonini deyarli 12 mln funtga kamaytirdi. 2004 yilni «Çelsi» rekord summa - 88 million funt zarar bilan yakunladi. Lekin şu bilan birga klub 152 million funt pul ham işlagan, bu oldingi yillarga nisbatan 40 foizga köproq edi. Futbolçilarning maoşi ikki barobar oşgan va 115 million funtni taşkil qilgandi. Soliştiriş uçun, 2004 yilda «Mançester Yunayted» futbolçilarining jami maoşi miqdori 77 million funt bölgan.
















