Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Rossiya prezidenti Vladimir Putinni 65 yoşga tölgani bilan tabriklab, turkman alabayi zotiga mansub kuçuk sovğa qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Agar menga ruxsat bersangiz, yoqimli missiyadan boşlaşni xohlardim. Yaqinda tuğilgan kunni nişonladingiz, şuning uçun sizni çin qalbimdan tabriklayman. Sizga, eng muhimi, mustahkam soğliq, muvaffaqiyatlar, barça yaxşi tilaklarni tilayman», - deya ta'kidlab ötdi Turkmaniston prezidenti.
«Men sizning mamlakatingizda emas, balki butun dunyoda ham atrof-muhit masalalarida juda köp işlar qilayotganingizni bilaman. Bizda bir döst bor, bilsangiz kerak, bu kuçuk, alabay. Bugun men özim bilan birga kiçik alabayni olib keldim, uning laqabi Sadoqatli (Verniy). Sizda ham, öylaşimça, bu ism maşhurdir. Biz Osiyo öyinlarini ötkazganimizda, alabay asosiy ramz bölgan. Öylaşimça, matbuotning yonida uni körsatiş ham mumkin», - dedi u.
«Mening fikrimça, sizga yoqadi. Ular bizda soğlom», - deya xulosa qildi Berdimuhamedov.
Eslatib ötamiz, Berdimuhamedov Soçi şahriga 12 oktabr kuni bölib ötadigan MDHga a'zo davlatlar rahbarlari Kengaşining yiğilişlarida iştirok etiş uçun kelgan.












