2017 yil 1 iyul holatiga köra, Qozoğiston taşqi qarzi 167,8903 mlrd. dollarni taşkil etdi, deya xabar berdi Qozoğiston Milliy bankining matbuot xizmati.

Ma'lumotlarga qaraganda, uşbu miqdorda davlat va davlat tomonidan kafolatlangan taşqi qarzlar 13,9576 milliard dollarni taşkil etadi. Bu taşqi qarzning 8,3 foiziga teng. Uşbu miqdordan davlatning taşqi qarzi 13,241 mlrd. dollardir.

Ta'kidlaş joizki, davlat va davlat tomonidan kafolatlangan taşqi qarz 2017 yilning apreliga nisbatan kamaygan. Öşanda bu körsatkiç 14,1139 milliard dollarni taşkil etgandi. Eslatib ötamiz, 2017 yil 1 yanvar holatiga köra Qozoğiston taşqi qarzi 163,715 milliard dollarni taşkil qilgan.

«Alpari» kompaniyasining tahlil departamenti rahbari örinbosari Natalya Milçakova qayd etganidek, Qozoğistonda aholi jon boşiga taşqi qarzning körsatkiçi 8 740 dollarni taşkil etadi.

Uning sözlariga köra, mutlaq ravişda bu raqam vaziyatdan bexabar odam uçun qörqinçli körinişi mumkin, har qanday oddiy fuqaro özining erkin irodasi bilan deyarli töqqiz ming dollarga qarzdor bölişni istamaydi, biroq jahon miqyosida bu körsatkiç taşvişga solmasligi kerak.

«Misol uçun, Buyuk Britaniya uçun uşbu raqam kişi boşiga 150 ming dollardan ortiq, Belgiya, Norvegiya, Finlyandiyada aholi jon boşiga 100 ming dollar, AQŞ uçun 60 ming dollar, Germaniya uçun 70 ming dollardan ortiqni taşkil etadi. Rossiyada aholi jon boşiga atigi 3,5 ming dollarga teng. Afsuski, aholining köpligi ham muhimdir, şuning uçun Rossiya va Xitoyda aholi jon boşiga taşqi qarz körsatkiçlari juda past darajada», - deya izoh beradi tahlilçi.

Milçakovaning tuşuntirişiça, aholi jon boşiga taşqi qarz körsatkiçi mamlakatning va aholining qarz yuki hajmini aks ettiradi, çunki davlat ma'lum vaqt içida qaytarilişi kerak bölgan pulni çet eldan oladi. Bu körsatkiç qançalik baland bölsa, taşqi qarz beruvçilarga ma'lum bir mamlakatning har bir fuqarosi şunçalik «qarzdor» böladi. Körsatkiçning özi heç narsaga ta'sir qilmaydi, bu faqat hukumat va çet eldan qarz oliş töğrisida qaror qabul qiladigan hukumatning iqtisodiy bloki uçun indikator. 

MDH mamlakatlari orasida, Xalqaro iqtisodiy forumga köra, Ukraina taşqi qarzlarning hajmi böyiça 80,2 foizlik uluş bilan birinçi örinni egallaydi. Uşbu körsatkiç böyiça ikkinçi örin Qirğiziston (68,8 foiz), uçinçi poğona esa Armanistonga (46,6 foiz) tegdi. Reytingda törtinçi örinni Moldova (42 foiz) egalladi. Ozarboyjon (36,1 foiz) beştalikni yakunlab bergan bölsa, Tojikiston oltinçi örindan joy oldi. Yettinçi örinni Qozoğiston 23,3 foizlik uluş bilan egalladi. Rossiya (17,7 foiz) sakkizinçi. Özbekiston borasidagi ma'lumotlar taqdim etilmagan.