09:36 / 11.10.2017
9958

Poytaxtning Uchtepa tumanida kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda

O‘zbekiston hukumati 2017 yil 7 oktabrda «Toshkent shahrining Uchtepa tumanida kichik sanoat zonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni chiqardi.

Hujjatga ko‘ra, Toshkent shahrining Uchtepa tumanida kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda.

Kichik sanoat zonasi AOKS Plus Business (sobiq «Signal» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi) MChJ bino va inshootlari negizida tashkil qilinadi.

O‘zbekiston hukumati bir oy muddat ichida «Uchtepa» kichik sanoat zonasi Direktsiyasini shakllantirish vazifasini topshirdi. Bundan tashqari, ikki oy mobaynida joylashtirish taklif etilayotgan hududda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tarmoq rejalari tasdiqlanadi.

Top