Tailand hukumati ötgan yili qirol Pumipon Adulyadet (Rama IX)ning vafotidan keyin mamlakatda e'lon qilingan milliy motam muddatini yana ikki kunga uzaytirdi. Motam 30 oktabr kuni tugaydi, deb xabar qilişgan Tailand hukumat matbuot xizmatidan.

Qirollikda motam 2016 yil 13 oktabrda Adulyadetning vafot etgan kuni bir yil muddatga e'lon qilingandi. Avvalroq, hukumat 26 oktabrga qadar motam muddatini uzaytirdi - şu kuni Bangkokda marhum qirolning jasadi maxsus peçda kuydiriladi. Endi vazirlar mahkamasi Rama IX’ning dafn marosimi bilan boğliq sönggi tadbirlar 29 oktabrda tugaşi sababli motam muddatini uzaytirişga qaror qildi.

«Tailand hukumat binolari va elçixonalarida milliy bayroqlar motam tadbirlari yakuniga yetgunga qadar tuşirilgan bölişi kerak», - deya aniqlik kiritişdi hukumat matbuot xizmatidan. Şuningdek, 29 oktabr kuni keçqurunga qadar hozirda davlat idoralari binolarini bezagan barça motam belgilari va tasmalar olib taşlanişi kerakligi ham qayd etildi. Milliy motam qoidalari Tailandning barça davlat xizmatçilaridan qora yoki oq rangdagi libos kiyişni talab qiladi. Hukumatning tuşuntirişiga köra, odatiy kiyiniş şakliga qaytiş 30 oktabrdan boşlanadi.

Rama IX 88 yoşida Bangkokdagi şifoxonalardan birida uzoq kasallikdan söng 2016 yil 13 oktabrda vafot etdi. Dafn marosimlari 25-29 oktabr kunlari bölib ötadi. Tailand hukumatining jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar berişiça, birinçi kun rohiblar va qirollik oilasi a'zolari iştirokida buddaviylar marosimi ostida ötkaziladi.