Telegram messenjeri yaratuvçisi Pavel Durov messenjerning rusça versiyasi paydo bölgani haqida ma'lum qildi. Bu haqida u özining "VKontakte" sahifasida xabar berdi.
"Telegram interfeysi endi rus va ukrain tillarida ham işlaydi. Yangi translations.telegram.org platformamizning işga tuşişi tufayli mana şunday imkoniyat paydo böldi", - deb yozadi u.
Durov "bugun "rusça" Telegram dunyoga kelgani"ni qöşimça qiladi. Ta'kidlaş joizki, xuddi şu kuni, ya'ni 10 oktabrda messenjer asosçisi Pavel Durov tavallud topgan.












